Get Mystery Box with random crypto!

Atelektaz (yun. ateles – yetilmagan, notoʻliq va ektasis – cho | KLINIK FIKRLASH

Atelektaz (yun. ateles – yetilmagan, notoʻliq va ektasis – choʻzilish) – oʻpka pufakchalari (alveolalari), segmentlar va boshqalarning havosizlanishi yoki deyarli havo qolmasligi natijasida burishishi (puchayishi).

Atelektaz bronxlar teshigining har xil narsalar (nekroz natijasida koʻchib tushgan epiteliylar va hokazo) bilan tiqilib qolishi yoki bronxlarning tashqi tomondan siqilishi (plevrada transsudat yoki ekssudat yigʻilganda, oʻsmalarda) oqibatida roʻy beradi.

Bulardan tashqari, tugʻma atelektaz ham boʻladi – nafas olmaslik natijasida chaqaloq oʻpkasining yozilmay qolgan qismi.

Davosi:
kasallikning asosiy sababi bartaraf qilinadi
bola tugʻilayotganda asfiksiyaning oldini olish chorasi koʻriladi
bronxga kirib qolgan yot jismlar olib tashlanadi
oʻsma, bronxoadenit va boshqa kasalliklar davolanadi.

KLINIK FIKRLASH KANALI