2023-05-19 12:46:38
Bugun ovozli chat!
Ko‘pchilikka maʼlumki, oliy taʼlim muassasalari, texnikum va kollejlar, xususiy maktab va bog‘chalarda o‘qish uchun qilingan to‘lovlardan daromad solig‘i olinmaydi. Jaydari tilda aytganda,
kontrakt va oylik to‘lovlardan 12% qaytarib beriladi.
12% qaytarib olish uchun faqat davlat ishida ishlash kerakmi?
Ota-onam pensioner, qaytarib olsam bo’ladimi?
Ta’lim krediti olganman, lekin menga qaytarilmayaptiku.
Kontraktga naqd to’laganmiz, kvitansiyani yo’qotib qo’yganman, nima qilsam bo’ladi?
Bitirganimga 3 yil bo’ldi, o’sha payti bilmagandim, endi kechikdimmi, qaytara olmaymanmi?
Shu va shu kabi boshqa ko’plab savollarga
bugun, 19-may — juma kuni soat 18:30 da @xushnudbek Telegram kanalida Soliq qo‘mitasi bilan hamkorlikda ovozli chatda javob olishingiz mumkin.
Ovozli chatni tinglash uchun:https://t.me/xushnudbek?livestream
Ovozli chat spikeri: Soliq qo‘mitasining Jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘i Shuhrat Ismailov.
O‘tkazib yubormang, foydali maʼlumotlar olishingiz kafolatlanadi.
@xushnudbek
6.4K views09:46