Get Mystery Box with random crypto!

Bugun ovozli chat! Ko‘pchilikka maʼlumki, oliy taʼlim muassas | KIUT(YTIT)_подробно

Bugun ovozli chat!

Ko‘pchilikka maʼlumki, oliy taʼlim muassasalari, texnikum va kollejlar, xususiy maktab va bog‘chalarda o‘qish uchun qilingan to‘lovlardan daromad solig‘i olinmaydi. Jaydari tilda aytganda, kontrakt va oylik to‘lovlardan 12% qaytarib beriladi.

12% qaytarib olish uchun faqat davlat ishida ishlash kerakmi?
Ota-onam pensioner, qaytarib olsam bo’ladimi?
Ta’lim krediti olganman, lekin menga qaytarilmayaptiku.
Kontraktga naqd to’laganmiz, kvitansiyani yo’qotib qo’yganman, nima qilsam bo’ladi?
Bitirganimga 3 yil bo’ldi, o’sha payti bilmagandim, endi kechikdimmi, qaytara olmaymanmi?

Shu va shu kabi boshqa ko’plab savollarga bugun, 19-may — juma kuni soat 18:30 da @xushnudbek Telegram kanalida Soliq qo‘mitasi bilan hamkorlikda ovozli chatda javob olishingiz mumkin.

Ovozli chatni tinglash uchun:

https://t.me/xushnudbek?livestream

Ovozli chat spikeri: Soliq qo‘mitasining Jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘i Shuhrat Ismailov.

O‘tkazib yubormang, foydali maʼlumotlar olishingiz kafolatlanadi.


@xushnudbek