Hurmatli ota-onalar va abituriyentlar! Barchangizni Toshke | KIUT | Rasmiy kanal
Hurmatli ota-onalar va abituriyentlar!
Barchangizni Toshkent Kimyo xalqaro universitetida boʻlib oʻtadigan Ochiq eshiklar kuniga taklif qilamiz.
Sana: 20.04.2024
Kun dasturi:
10:00 — Tadbir boshlanishi. Universitetda mavjud yoʻnalishlar bilan tanishib chiqish, qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyati; 11:00 — Universitet haqida taqdimot (universitet oʻquv binolari, laboratoriyalarga sayohat); 12:00 — “Rangtasvir” va “Robototexnika” yoʻnalishlari haqida talabalar tomonidan taqdimotlar; 13:00 — “Liboslar dizayni” yoʻnalishi talabalari tomonidan ijodiy ishlar koʻrgazmasi; 14:00 — “Tarjimashunoslik” va “Koreys tili filologiyasi” yoʻnalishi talabalari tomonidan sahna koʻrinishlar taqdim etiladi; 15:00 — Mahsus foto-zonalarda va foyeda birgalikda esdalik uchun rasmlarga tushish;
Ochiq eshiklar kunida abituriyentlar uchun quyidagi imkoniyatlar yaratiladi:
- Kerakli hujjatlarini olib kelgan abituriyentlar tashkil etilgan sayyor qabul xizmatidan foydalanish imkoniyatiga ega boʻladilar; - Хorijiy hamkor oliygohlarda ta’lim olash va 3+1 va 2+2 dasturlari boʻyicha masʼullardan toʻliq maʼlumot olish; - Tegishli taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha savollarga yoʻnalish rahbarlaridan javob olish; - Magistratura bosqichida mavjud yoʻnalishlar va qabul jarayonlari bilan tanishib chiqish.
Manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli koʻchasi, 156-uy, 100121.
Toshkent Kimyo Xalqaro Universitetining Telegramdagi rasmiy sahifasi. The official Telegram channel of Kimyo International University in Tashkent. 👉 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz: http://myurls...