Get Mystery Box with random crypto!

​​Ayol farosati 50 yillik turmushdan so'ng, men birinchi mart | Kitobxo‘r

​​Ayol farosati

50 yillik turmushdan so'ng, men birinchi marta xotinimga diqqat bilan qaradim va shunday dedim: "50 yil oldin bizda kichkina uy, eski mashina bor edi, divanda uxlab, kichkina qora-oq televizorni tomosha qilardik. Ammo men o'shanda 19 yoshli go'zal qiz bilan yashardim.
Hozir mening ulkan uyim, ko'plab qimmatbaho mashinalarim, hashamatli yotoqxonadagi ulkan karavotim, keng ekranli televizorim bor, lekin men 69 yoshli ayol bilan bir to'shakda uxlayman.
Ochig'i, nikohimga shubha qilishni boshlayapman».

Xotinim juda aqlli ayol. U xafa bo'lmadi yoki meni la'natlamadi. U shunchaki o'zimga 19 yoshli qizni topishni taklif qildi, u yana shu bilan birga meni oldingidek kichkina uyda yashashimni, eski divanda uxlashimni va yana o'sha qora-oq televizorni ko'rishimni qo'shib qo'ydi.
Shundan keyin ham aytingchi, ayollar ajoyib emasmi? Faqatgina ular erlarining barcha muammolarini qanday hal qilishni bilishadi!

Robert De Niro

@boredpandablog