Get Mystery Box with random crypto!

Bugun 15-aprel dushanba kunida ro‘y bergan muhim voqealar bila | Birga kitob o'qiymiz



Bugun 15-aprel dushanba kunida ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
Butunjahon san'at kuni.
Butunjahon madaniyat kuni.
Ekologik bilimlar kuni.
O‘zbekiston – «Madaniyat va san'at xodimlari kuni.
Ispaniya – Bolalar kuni.
Qozog‘iston – Sevishganlar kuni.

#muhim_voqealar
1784 – Buyuk Britaniyada havo sharida birinchi boshqariladigan parvoz amalga oshirildi.
1891 – Amerikalik ixtirochi Tomas Edison harakatlanuvchi mashinalar tasvirini  jamoatchilikka namoyish qildi.
1924 – AQShda avtomobil yo‘llarining birinchi xaritasi paydo bo‘ldi.
1993 – Turkmaniston prezidenti Saparmurot Niyozov turkman tili va yozuvi, kirill alifbosidan lotin alifbosiga oʻtishini eʼlon qildi.
2000 – Shahrisabz shahrida Sohibqiron Amir Temur xotirasiga bag‘ishlangan milliy kurash bo‘yicha uchinchi Xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi.

#tavalludlar
1452 – Leonardo da Vinchi (1519) – buyuk italyan musavviri va olimi.
1707 – Leonard Eyler – matematik, mexanik, fizik va astranom.
1710 –Uilyam Kullen – shotland olimi, “nevroz” atamasini fanga kiritgan.
1878 – Sadriddin Ayniy – yozuvchi, olim, jamoat arbobi.
1937 – Gulsara Yoqubova – aktrisa, O‘zbekiston xalq artisti.
1949 – Alla Pugachyova – taniqli rus qo‘shiqchisi.
1952 – Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf ibn Muhammad Ali (2015) – atoqli diniy ulamo, islom dini rivojiga katta hissa qo‘shgan o‘zbek olimi, Islom ulamolari millatlararo ittifoqining aʼzosi.

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling