Get Mystery Box with random crypto!

Bugun 13-aprel shanba kunida ro‘y bergan muhim voqealar bilan | Birga kitob o'qiymiz



Bugun 13-aprel shanba kunida ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
Xalqaro o'simliklarni qadrlash kuni.
Janubiy va Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari – Yangi Yil.
Slovakiya – Nohaq javobgarlikka tortilgan shaxslar kuni.
Rossiya – Homiylar va xayriyachilar kuni.
Ekvador – O‘qituvchilar kuni.

#muhim_voqealar
1902 – Sankt- Peterburgda Rossiyada birinchi trolleybus sinovdan o'tkazildi.
1923 – Londonda Uembli stadionining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
1962 – Mashhur “Bitlz” guruhi keng jamoatchilikka tanishtirildi.
1994 – "Oʻzbekinvest" eksportimport milliy sugʻurta kompaniyasi tashkil etildi.

#tavalludlar
1743 – Tomas Jefferson (1826) – AQShning 3-prezidenti (1801-09), davlat kotibi (1790-93), vitse prezident (1797-1801), AQSh Mustaqillik deklaratsiyasi loyihasi muallifi.
1892 – Robert Uotson-Uatt (1973) – shotland fizigi, radar qurilmasi ixtirochisi (1935).
1936 – To‘lqin Tojiyev (2008) – aktyor, dublyaj ustasi, O‘zbekiston xalq artisti.
1939 – Sheymas Xini (2013) – irland yozuvchisi, shoir va tarjimon, Nobel mukofoti sohibi (1995).
1963 – Garri Kasparov – mashhur shahmat ustasi, 13-jahon chempioni.

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling