Get Mystery Box with random crypto!

Bugun 17-yanvar haftaning chorshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y be | Birga kitob o'qiymiz



Bugun 17-yanvar haftaning chorshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
Bolalar ixtirolari kuni.
Xalqaro murabbiylik kuni.
Muzey Selfie kuni.
AQSh – Benjamin Franklin kuni.
Tailand –Milliy sut mahsulotlari kuni.

#muhim_voqealar
1773 – Jeyms Kuk tarixda birinchi bo‘lib Janubiy qutb doirasini kesib o‘tdi.
1920 – Sovet Rossiyasida o'lim jazosi rasman bekor qilindi
1929 – Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti O‘zbekiston davlat ilmiy tadqiqot instituti sifatida tashkil etilgan.
1992 – Oʻzbekiston va Vyetnam davlatlari oʻrtasida diplomatik aloqalar oʻrnatildi.

#tavalludlar
1600 – Pedro Kalderon de la Barca (1681) – asarlari "Oltin asr" adabiyotining eng yuqori yutuqlaridan biri bo'lgan ispan dramaturgi va shoiri.
1706 – Benjamin Franklin (1790) – siyosatchi, diplomat, olim, ixtirochi, yozuvchi, jurnalist, noshir, mason. AQSh mustaqillik urushi etakchilaridan biri.
1847 – Nikolay Jukovskiy (1921) – zamonaviy aerodinamika asoschisi.
1863 – Konstantin Stanislavskiy (1938) – rus teatr rejissyori, aktyor va o'qituvchi, teatr islohotchisi, SSSR xalq artisti (1936). 
1942 – Muhammad Ali, ne Cassius Marcellus Clay (2016) – Og'ir vazn toifasida ringga chiqqan amerikalik professional bokschi, jahon boks tarixidagi eng mashhur va buyuk bokschilardan biri.

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling