Get Mystery Box with random crypto!

Bugun 16-yanvar haftaning seshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y berg | Birga kitob o'qiymiz



Bugun 16-yanvar haftaning seshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
Xalqaro issiq va achchiq taomlar kuni.
Kitob nashriyoti kuni.
Tailand – O‘qituvchilar kuni.
AQSh – Milliy diniy erkinlik kuni.

#muhim_voqealar
1712 – Pyotr I birinchi rus Harbiy muhandislik maktabiga asos soldi (hozirgi Harbiy kosmik akademiya).
1909 – Ernest Shelton ekspeditsiyasi Yerning janubiy qutbini ochishdi.
1920 – Parijda Millatlar Ligasining birinchi majlisi bo‘lib o‘tdi.
1945 – Adolf Gitler o‘z qarorgohini yer osti bunkeriga ko‘chirdi.
1992 – Kabo-Verde, Portugaliya va Shvetsiya O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligini tan olishdi.
1995 – O‘zbekiston Sloveniya Respublikasi bilan o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatdi.
2001 – Toshkent Xalqaro Vestminster Universiteti tashkil topdi.
2002 – BMT Xavfsizlik Kengashi "Al-Qoida" va "Tolibon"ni terroristik tashkilot deb hisobladi.

#tavalludlar
1838 – Yan Liyam (1886) – polyak satirik yozuvchisi, jurnalist.
1914 – Fattoh Abdullaev (1985) – o‘zbek tilshunosi. 
1930 – Ruben Safarov (2016) – huquqshunos, yozuvchi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1980).
1969 – Roy Jons – amerikalik professional bokschi.
1979 – Bobur Yo'ldoshev – Iste'dodli aktyor.

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling