Get Mystery Box with random crypto!

Daydi o'g'il nadomati Men yoshligimdan uyga kech qaytishga o | Kitobxon bola

Daydi o'g'il nadomati

Men yoshligimdan uyga kech qaytishga odatlangan edim, qo'pol qilib aytganda ko'cha daydisi edim. Bundan onam xafa edilar. Bu ishim onamga yoqmas edi. Holat shunday davom etaverganidan keyin onam har kuni uyimizni oshxonasida turgan muzlatkich eshigiga bir parcha qog'oz yopishtirib qo'yadigan bo'ldilar. U qog'ozda ovqat, non va boshqa narsalarni joyini menga oson bo'lishi uchun yozib qo'yardilar. Kunlar o'tib onamni eslatma qog'ozlari rivojlanib bordi. Unda endi ba'zi talab, iltimoslar va kiyimimni kir bo'lganlarini kir yuvadigan mashinaga qo'yishim, muhim ishlar va boshqa narsalar yozilardi.
Afsus, yigitchilik davrimning ko'p qismi shunday o'tdi, bir kecha juda kech qoldim, onamni risolasini odatdagidek muzlatkich eshigida ko'rdim, ammo o'qishga erindim va uyqu g'olib kelib uxlab qoldim. Ertalab dadam meni ko'zlarida yosh holda uyg'otdilar, juda hayron bo'lib uyg'ondim.
''O'g'lim onang olamdan o'tdi!'' - dedilar. Bilsangiz edi, bu xabar qanchalar menga ta'sir qilganini. Onamni dafn qildik, kechqurun uyga kirib kravatga chiqib, oyog'imni cho'zayotib, onajonimni yozgan risolalari esimga tushdi.Yugirib borib muzlatkich eshigiga qistirilgan qog'ozni, onamni eng oxirgi yozgan xatlarini qo'limga olsam, bu xatda hech qanday buyruq yoki ta'limot yo'q edi. Odatdaki xatalar kabi emas edi... Afsus!
Xatda faqat shular bor edi:
''O'g'ilginam bugun o'zimni juda yomon his qilyapman, qachon kelsang ham meni uyg'otib shifoxonaga olib borgin, sendan iltimos...''.

Do'stlaringizga ham ulashing!

#hikoya
@kitobxonbola