Get Mystery Box with random crypto!

#kitob Hozirgina “Graf Monte Kristo - If qal’asi mahbusi” kit | Kitob - tarjimalar

#kitob
Hozirgina “Graf Monte Kristo - If qal’asi mahbusi” kitobini birinchi qismini o’qib tugatdim. Haqiqatda esa bu kitobni ancha oldin o’qib tugatishim darkor edi. Boshlanishi juda tez o’qilgan bu kitobni oxirigi 50-60 varog’ini o’qib tuagtish uchun adashmasam 6-7 oylar kerak bo’ldi. Fikrlar esa juda ajoyib. Kitob juda qiziqarli yozilgan va Graf hayotini, hasadgo’ylar hayotini, soddadillar hayotini zo’r ochib bergan. Fikrimcha, bu kitobni albatta o’qish kerak. Aleksandr Dyumaga esa qoyil, o’quvchini bir zumga ham zeriktirib qo’ymaydi, voqea ortidan voqea. Faqat va faqat bir narsa ko’nglini hijil qiladi. O’sha davrdagi Afrika qit’asiga yurishlarni yozuvchi oqlaydi, hamda musulmonlardan, agar aytish mumkin bo’lsa, nafratlanishini yashirmaydi. Umuman olganda yozuvchi sifatida juda zo’r inson. Ammo bu tarafi juda yoqimsiz.

Rasmda: Yozuvchi Aleksandr Dyuma va kitob muqovasi

@kitobvatarjimalar