Get Mystery Box with random crypto!

#kitob #reading Bolalarga sovg'a uchun ajoyib g'oya ekan. 1 | Bola bilan rivojlanamiz 🧕🏻👶🏻

#kitob #reading

Bolalarga sovg'a uchun ajoyib g'oya ekan.

12 ta kitob sotib olasiz, kitoblarning har biri 12 oyga ataladi. Ya'ni o'sha fasl yoki oyga moslab olinsa yanayam yaxshi. Masalan hikoya yozgi ta'til haqida yoki bahor yoki qish faslida yuz bergan voqea-hodisalar to'g'risida. Ishqilib fasllar va oylar bilan qandaydir bog'liqligi bor.

Har oy farzandingiz o'sha oy uchun atalgan kitobni ochib o'qiydi - bir dugonamiz qilgan ekan. Menga juda yoqdi bu g'oya, mashaAllah. (Faqat biznikilar oyni ohiriga bormay hammasini ochib tashlashga harakat qilsa kerak. Ba'zan haftasiga 2-3 kitob o'qib qo'yishadi mashaAllah. )

Farzandingiz kitob o'qiydimi? Ohirgi martda qaysi kitobni o'qidi?

Siz, onajonlar farzandigizga kitob o'qib turasizmi? Ohirgi martda qachon va qaysi kitobni o'qib berdingiz?

Fikr va kitoblar ro'yxatini almashish qiziq. Qani ketdik

Iroda Ahmad