Get Mystery Box with random crypto!

Farzandlaringizning qobiliyatlari (talanti) emas, mehnatlarini | Bola bilan rivojlanamiz 🧕🏻👶🏻

Farzandlaringizning qobiliyatlari (talanti) emas, mehnatlarini maqtang.

Masalan, bolamning xotirasi yaxshi, demang, ko'p takrorlashdan charchamaydi, erinmaydi, mehnatkash deng.

Oson tushunib oladi, demang, tushunmaguncha harakat qilishdan to'xtamaydi, hafsalali deng.

Binobarin, ular o'z mehnatlari bilan erishmagan narsalarni maqtashdan ko'ra, mehnatlari bilan erishganlarini maqtash samaraliroq va to'g'ri bo'ladi.

Masalan, bolam chiroyli demang, axloqli deng. Agar ko'rinishini maqtamoqchi bo'lsangiz, namoz va yaxshi ishlarda mustahkam ekanidan yuzi nurli deng.

Zero, qobiliyati (talanti)ga suyangan odam o'tirib qoladi, mehnatiga suyangan odam esa o'zib ketadi.

Ustoz Mahmud Usmon

YaqinOzbek