Get Mystery Box with random crypto!

​​ Imom Gʻazzoliy 'Ayyuhal valad' (Ey farzand) Imom Gʻazzoli | Kitoblarga oshiq link:)

​​ Imom Gʻazzoliy
"Ayyuhal valad" (Ey farzand)


Imom Gʻazzoliyning ushbu kitobi tolibi ilmlar uchundir.Sababi ilm oluvchilar uchun ushbu kitob keng qoʻllanma desak adashmaymiz.Bilib turganingizdek, ilm olish yoʻlida vaqtning qanchalik qadri, oʻrni Alloh taoloning oyatlari va Paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning muborak hadislaridan misollar keltirib oʻquvchiga namoyon qilingan.Moʻjazgina kitob boʻlsada oʻzida keng koʻlamli saboqlar, purmaʼno nasihatlarni oʻz ichiga olgan.Nafsni tarbiyalash, odob-axloq, vaqt masalasi, ibodat haqida barchasini topishingiz mumkin.

Baʼzan 200-300 betli kitoblardan 1-2 xulosa chiqaramiz.Ammo bu kitobdan tolibi ilm uchun zarur boʻlgan barcha ezgu nasihatlar jamlangan.

P.S: Oʻqisangiz-u, amalda qoʻllamasangiz ketgan vaqtingiz isrof boʻladi.

Luqmoni Hakimning o'g'liga qilgan nasihatlaridan biri bunday edi:
"Ey bolajonim, ziyraklikda xo'roz sendan zinhor o'zib ketmasin: saharlari qichqirganida sen uxlab yotgan bo'lmagin".

@kitoblarga_oshiq