Get Mystery Box with random crypto!

'Olim yetishtirgan onalar' dan insightlar 1.Munofiqning ilmi | Kitoblarga oshiq link:)

"Olim yetishtirgan onalar" dan insightlar

1.Munofiqning ilmi tilida, moʻminning ilmi esa amalidadir!

2.Biz yashayotgan jamiyatda bolalarimiz ota-onasidan alohida ulg'aymoqda. Kapitalizm sistemasiga berilgan ota-onalar bolalarini enagalarga, murabbiylarga topshirmoqdalar. Hech qaysi joy onaning quchog'i beradigan baxtni hadya eta olmaydi. "Hayot- murakkab, ona ishlashga majbur" deb bahona qilib, uning ortiga berkina olmaymiz. Hech bir moddiy qiyinchilik bolamizning kelajagini yomon tarafga og'ishiga yo'l qo'yadigan darajada muhim emas.

3.O'zimizni pokiza asramaguncha naslimiz ham pok bo'lmaydi. Iflos ariqdan pok suv oqmaydi

4.Bolalarimizning tarbiyasidagi eng muhim shaxs onadir. Biroq ertalab tongdan to kechgacha kuniga 8-10 soat ishlaydigan ayol kechga charqoq bilan uyga kelganida bolalariga nima bera oladi? Ayollarimiz faqatgina ishxonada ishlash majburiyatida emas, uylarida ham ularni supur-sidir, tozalik, taom tayyorlash kabi ishlar kutib turadi. Inson bunday og'ir shart-sharoitda ishlab, qanday qilib baxtli bo'lishi mumkin?

"Olim yetishtirgan onalar"
Murat Tosun

@kitoblarga_oshiq