Get Mystery Box with random crypto!

Taomlanish odobi Taomlanishda uchta odob bor: zikr, tafakkur | 📚Kitoblar so'ylasin

Taomlanish odobi

Taomlanishda uchta odob bor: zikr, tafakkur va shukr. Zikr ovqat olib kelinganda Allohning nomini aytib boshlanadi. So'ngra inson tayyorlangan ovqat shu holiga kelgunicha qancha bosqichlarni bosib o'tgani, inson oldida shunchaki paydo bo'lib qolmagani, Alloh taoloning ne'matlari qanchalik ulug' ekanini tafakkur qiladi. Bu ne'matlarning barchasi Alloh taolodan ekanini e'tirof qiladi. Taomlanib bo'lganidan keyin esa Alloh taologa shukr qiladi, hamd aytib, duo qiladi.

Homid Ahmad Tohirning “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning yoshlarga nasihatlari” kitoblaridan


@kitoblardan_ndn