Get Mystery Box with random crypto!

Kibr Abdulloh ibn Mas'ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi | 📚Kitoblar so'ylasin

Kibr

Abdulloh ibn Mas'ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Qalbida zarracha kibri bor odam jannatga kirmaydi", dedilar. Shunda bir kishi: "Libosi va oyoq kiyimi chiroyli bo'lishini xohlash ham kibrmi?" deb so'radi. Shunda u zot: "Alloh taolo go'zaldir, go'zallikni yaxshi ko'radi. Kibr - haqni inkor qilish, odamlarni mensimaslikdir", dedilar (Imom Muslim rivoyat qilgan).

Alloh taolo Qur'oni Karimda shunday deb marhamat qiladi:
"Mo'minlar uchun qanotingizni quyi tuting (kamtar bo'ling)" (Hijr surasi, 88-oyat).

Mutakabbirlar dunyo tarixida o'zining kibri bilan mashhur bo'lgan Qorun, Fira'vn va shu kabilar bilan birga do'zaxga kiradi.

Homid Ahmad Tohirning “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning yoshlarga nasihatlari” kitoblaridan


@kitoblardan_ndn