Get Mystery Box with random crypto!

Ustozlarimiz ilm faqat kitoblarning o‘zidan emas, moʻtabar mua | Android kitoblar

Ustozlarimiz ilm faqat kitoblarning o‘zidan emas, moʻtabar muallimlardan olinishi kerakligi haqida ko‘p gapirishadi. Mana buning sababi:

"Ko‘pchilik ilm olish o‘qish va mutolaa bilan bo‘ladi, deya ishonadi. Bu bir tomondan to‘g‘ri bo‘lsada, mutlaqo eng to‘g‘ri fikr emas.

Balki ta’limning eng mukammal va afzal ko‘rinishi uni muallimdan olishdir. Bu uslubning o‘ziga xos ikki xususiyati bor:

1. Muayyan masalaga xos ma’lumot muallimda mavjud va xotirasida saqlangan bo‘ladi.

2. Muallimning zehnida o‘rnashgan bu ma’lumot uning tafakkur quvvati bilan oldinga undaydigan va mavhumlikni ketkazadigan tushunchalar bilan boyitilgan bo‘ladi.


Shu sababli muallim vositasida olingan ilm fikriy harakatning joni hisoblanadi va o‘tmish tajribalari u bilan kelajak avlodga afzal va xavfsiz yo‘l bilan o‘tishi ta’minlanadi".

Shayx Ahmad Zarruqning "Qavoidut-tasavvuf" kitobiga doktor Toho Hubayshiyning sharhidan

@kitoblar_apk