Get Mystery Box with random crypto!

'Alisher Navoiy hayoti va ijodi' Hazrat Mir Alisher Navoiydek | Android kitoblar

"Alisher Navoiy hayoti va ijodi"

Hazrat Mir Alisher Navoiydek beqiyos iste'dod, buyuk ijod sohiblari dunyo adabiyotida barmoq bilan sanarli. Ul zotning boy va betakror merosi salkam olti asrdan beri, nainki turkiy uluslar, balki jahon ahlini ezgulikka, mehr va sadoqatga, insoniylik va vatanparvarlikka undab keladi. Shu paytga qadar o'zbek va jahon olimlari hazratning hayoti va ijodini tadqiq etib kelishadi. Har gal uning ma'nolar ummonidan yangi va bebaho javohirlar topishadi. Shubha yo'qki, hazratning qoldirgan merosi har zamon, har makonda insoniyat uchun bebaho ma'naviy ozuqa bo'lib xizmat qilishda davom etadi. Ushbu dasturiy kitobda hazratning hayoti va ijodiga oid eng muhim ma'lumotlarni jamlashga harakat qildik. Umid qilamizki, bu siz uchun foydali manba bo'ladi.

️ ️@kitoblar_apk