Get Mystery Box with random crypto!

Kitoblar ombori (blog)

Telegram kanalining logotibi kitob_ombori — Kitoblar ombori (blog) K
Telegram kanalining logotibi kitob_ombori — Kitoblar ombori (blog)
Kanal manzili: @kitob_ombori
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 7.28K
Kanalning ta’rifi

Sahifamizda san'at, madaniyat, kitoblar va adabiyotga doir foydali ma'lumotlar ulashib boramiz.
Aloqa: @UcharXatlarBot
Reklama uchun: @kitob_ombori_reklama
Kanal faoliyatiga yordam bermoqchi bo‘lganlar:
8600 0210 5991 8352

Ratings & Reviews

4.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2022-08-30 16:07:40 Men, 26 yoshdaman, har kuni ertalab 10 km yuguraman, kuniga 14 soat ishlayman, 3 ta firmada faoliyat olib borman, bir vaqtning o'zida 2 ta kitob o‘qiyman. Shu bilan birga, oilam, do'stlarim va hatto do‘stlarim bilan karaokeda qo'shiq aytishim uchun ham yetarli vaqtim bor.

Ko'ryapsizmi, odam yolg'on gapirganda hamma narsa qilishga ulgirishi mumkin

@kitob_ombori
1.1K viewsedited  13:07
Ochish/sharhlash
2022-08-30 13:13:48
Kitob o‘qishning ta’mini bilganlar biladi-ki, kitob o‘qish dengiz suvini ichishga o‘xshaydi.
Ichganingiz sari chanqaysiz, chanqaganingiz sari ichasiz.

Hikmet Anil O‘ztekin

@kitob_ombori
1.2K views10:13
Ochish/sharhlash
2022-08-30 11:50:07 MEZON

1502-yil 12-fevralda ispanlar Andalusni qulatgandan so‘ng Gʻarnota(Granada)dagi musulmonlarni nasroniylashtirish amaliyotini boshlashgan!
Yuz yillar davomida musulmonlar Andalusdagi birorta cherkovni vayron qilishmagan. Birorta nasroniyni islomga kirishga majburlashmagan.

Germaniyalik sharqshunos ayol Sigrid Gurke o‘zining “Arab quyoshi g‘arbda nur sochadi” nomli kitobida musulmonlarning Yevropa madaniyatiga qo‘shgan hissasi haqida gapirib shunday deydi:
“Andalusdagi diniy bag‘rikenglikni tarixda hech kim ko‘rmagan. Cherkovlar qo‘ng‘iroqlarini bemalol chalar edi. Andalusda ularning bundan boshqa shiorlari yo‘q edi!”.

Ular bilan bizning o‘rtamizdagi farq shuki, biz ularga “dinda majburlash yo‘q” shiori bilan bordik. Ular esa bizni nafaqat jirkanch demokratiyalari, hatto pissa va makdonaldslariga ham majburlamoqchi bo‘lishdi.

Andalusda ispanlar boshlagan nasroniylashtirish jarayoni fikriy kurash ham, madaniy suhbat ham emas edi. Taftish mahkamalari eng jirkanch azoblash muassasasi edi. Hatto Yevropaliklarning o‘zlarining guvohlik berishicha, tarix bunaqangi azoblash muassasasini bundan oldin ko‘rmagan. Ularning azoblash mashinalari haligacha muzeylarda namoyish qilinadi. Biz filmlarda ko‘radigan qo‘rqinchli sahnalar Andalusda musulmonlarga berilgan azoblarning bir qisminigina ifodalay oladi xolos!

Taftish mahkamalaridan 800 yil oldin xalifa Valid ibn Abdulmalik Damashqda masjid qurish uchun Yuhanno cherkovining bir qismini buzdi. Umar ibn Abdulaziz xalifalikka o‘tirganidan so‘ng Shomdagi nasroniylar cherkovlarining buzilganidan unga shikoyat qilishdi. Shunda Umar ibn Abdulaziz masjidning o‘sha qismini buzib cherkov ixtiyoriga topshirish haqida buyruq berdi. Shom faqihlari xalifani bu azmidan qaytarish va nasroniylarga uning o‘rniga pul berish uchun uning huzuriga bir guruh olimlarni yuborishdi. Umar ibn Abdulaziz rohimahulloh unamadi va shunday dedi: “Yer ularning yeri. Yo ularni rozi qilinglar yoki ularga yerini qaytaringlar!”.
Musulmonlar nasroniylar bilan kelishishdi. Ularning yeri o‘rniga undan ham kattaroq yer berishdi. Masjid buzilmasdan qoldi. Umar ibn Abdulaziz: “Ana endi bo‘ldi!”, dedi.

Abdulqodir Polvonov

@kitob_ombori
1.1K views08:50
Ochish/sharhlash
2022-08-30 10:43:59 Kechagi live stream dagi kitobdan parcha

Dilrabo Mingboyeva — Timsollar tilsimi kitobidan.

Hayot guli — Nargis

@kitob_ombori
1.1K viewsedited  07:43
Ochish/sharhlash
2022-08-30 10:00:31 Shunday holat va kechinmalar bo‘ladiki, ularni bir so‘z bilan ifodalay olmaysiz, ammo bilmaysizki, bunday holatlar uchun jahon tillarida muayyan atamalar bor.

Bugun e’tiboringizga shunday atamalarni havola qilyapmizki, ularning hech biri biz gaplashayotgan tilga tarjima qilinmaydi. Ayni dam siz tarjima qilib bo‘lmas atamalar bilan tanishasiz.

#Cosmogyral–dunyo bo‘ylab sayohat qilish

#Anthrophobia–odamlar va jamoatdan qo‘rqish

#Monophobia – yolg‘iz qolishdan qo‘rqish

#Alexthymia – o‘z his tuyg‘ularini ifodalay olmaslik

#Sciamachy – o‘zi xayolida yaratib olgan dushmanlari bilan kurashish; o‘z sharpangiz bilan jang qilish

#Camila – Qayerga ketayotganimni bilmayman, ammo aynan hozir, bu yerda to‘xtolmayman degan o‘y

#Thalassophile – dengizni sevadigan odam, okean va ummonlarning oshig‘i

#Lisztomania – doim musiqaga ehtiyoj sezish

#Aesthete – go‘zallik va sanʻatga oshufta odam

#Abluvion – o‘tmishni unutolmaslik

#Balter – beso‘naqay harakatlar bilan raqsga tushish va shundan zavq olish

#Wabi - sabi – nomukammal narsalardan go‘zallik topish, o‘lim va hayot orasidagi muvozanatni yo‘qotish

#Serein – erta tongda, yo choshgohda tiniq osmondan yog‘gan, quyosh nurlaridan jilvalanib turadigan toza yomg‘irlar

#Eunoia – go‘zallikni idrok etish, chiroyli fikrlash

#Eccedentesiast – Dardini ichiga yashiradigan odam

#Ilunga – O‘ziga nisbatan qilingan yomonlikni birinchi va ikkinchi marta kechiradigan, ammo uchinchi marta hech qachon kechirolmaydigan odam.

#Viridity – tug‘ma maʻsumlik

#Apodyopsis – kimnidir xayolida yalang‘och ko‘rmoq

#Eleutheromania – erkinlikka maksimal darajada intilish

#Kalopsia – Narsalarni aslidagidan chiroyliroq ko‘rish illyuziyasi

#Nyctophilia – tun, yo zulmatni sevish, qorong‘ulikdagina o‘zini hotirjam sezish

#Kalon – Asl go‘zallik bu ichki go‘zallikdir deb ishonish

#Habromania – o‘zini baxtli his qilish illyuziyasi

#Anthazagoraphobia – unutish va unutilishdan qo‘rqish, eʻtiborsizlikni dahshatli holat deb bilish

#Hygge – Qishda, sovuq kechalarda gulhan atrofida do‘stlar bilan o‘tirib qilinadigan suhbatlardan zavq olish

#Thantophobia – sevgan insonini yo‘qotishdan qo‘rqish

#Lacuna – koinotning bo‘sh joyi, yo‘qolgan bo‘shliq

#Koi_no_yokan – kim bilandir birinchi marta ko‘rishish paytidagi orziqish hissi, uni qachondir sevib qolish ehtimolini his qilish

#Nefelibata – Orzulari osmonidagi bulutlarda yashash, jamiyatda kechayotgan jarayonlarga qaramay dunyoni adabiyot va sanʻat orqali idrok qilish

#Serendipity – qandaydir yaxshi narsani izlamay turib topib olish

#Saudade – masofalarni tan olmay sog‘inish, muhabbatni xotiralar bilan quvvatlantirib sevgini sevgilisini eslatuvchi vosita deb bilish

#Ukiyo – lahzani his qilish va unda yashashga urinish

#Wanderlust – dunyo aylanish, sayohatga qattiq ehtiyoj sezish

#Quaintrelle – Hayotning go‘zalligini o‘tmish xotiralarida ko‘ruvchi, faqat xotiralargina insonga halovat bag‘ishlashi mumkin deb o‘ylaydigan ayol

#Agape – Muhabbatning eng yuksak ko‘rinishi. O‘zini va hatto sevgilisini ham unutib sevish. Sevgi bu hamma narsa deb o‘ylash

#Drapetomania – muhitdan, o‘zi yashab turgan joydan hech bir sababsiz olislarga qochib ketish istagi

#Elysian – Go‘zallikni kreativlikda deb bilish. Faqat noanʻanaviy narsalargina go‘zal bo‘lishiga ishonish

#Atelophobia – men hech qachon odam bo‘lmayman, mendan tuzuk shaxs chiqmaydi, deya o‘zini ishontirish va qo‘rqish

Sizchi? Qaysi toifaga mansubsiz?
Fikrlaringizni yozib qoldiring!

Ma’lumotlar qiziq bo‘lsa, kanalni do‘stlaringizga ham tavsiya eting!

@kitob_ombori
1.2K views07:00
Ochish/sharhlash
2022-08-30 05:37:45 Tenglikning foydasi

Iqtisodiyot professori bir kuni butun bir guruhni qanday yiqitgani haqida hikoya qilib berdi.

Guruh sosializmning yaxshi ekanligini, hech kim kambag‘al ham, boy ham bo‘lmasligi, hamma teng bo‘lishini aytib professor bilan bahslashibdi. Professor debdi: yaxshi, unda sosializmning foydaliligi borasida guruhda tajriba o‘tkazamiz. Hammaning olgan bahosini qo‘shib, o‘rtacha bahoni chiqaramiz, hammaga bir xil baho qo‘yiladi, hech kim “a’lo” ham, “ikki” ham olmaydi. 

Birinchi nazorat ishidan so‘ng baholarning o‘rtachasi chiqarilibdi va hamma “yaxshi” baho olibdi. Zo‘r o‘qiydigan talabalarning jahli chiqibdi, o‘qimaydigan talabalar esa xursand bo‘lishibdi.

Ikkinchi nazorat ishida esa o‘qimaydiganlar deyarli o‘qimay qo‘ygani, yaxshi o‘qiydiganlar esa o‘qimasdan ham yaxshi baho olish mumkinligi uchun kamroq o‘qiganlari oqibatida hamma “o‘rta” baho olibdi. Bundan hech kim xursand bo‘lmabdi.

Uchinchi nazorat ishida esa barchaga qoniqarsiz baho chiqibdi.
Oqibatda guruhdagilar bir-birlari bilan bahslashib, janjallashib ketishibdi.

@kitob_ombori
1.4K views02:37
Ochish/sharhlash
2022-08-30 04:43:53 Demak, biz faoliyat yuritadigan kanal(cha) lar:

@bookyork — iqtiboslar uchun;

@bookuz_andijon — online kitob buyurtmalar uchun;

@egamberdiyev_blog — shaxsiy qarashlar, subyektiv fikrlar uchun

@kitob_ombori — faqat kitoblar uchun
1.2K views01:43
Ochish/sharhlash
2022-08-29 18:00:55 Islom ummatining buyuk shaxslari haqida blog: @audio_book_tv

Musulmon qizlar va ayollari uchun haqiqiy o‘rnak bo‘la oladigan onalarimiz haqidagi darsliklar (davomi bor):

Hadicha onamiz

Oisha Onamiz

Moriya kibtiya onamiz

Umar ibn Hattob qizi Hafsa onamiz

Juvayriya onamiz

Maryam binti Imron

Zaynab binti Jaxsh

Umm Salama Hind binti abi Umayya

Umm Habiba Romla bint Abu Sufyon

Musulmon erkaklar uchun haqiqiy o‘rnak (Kumir) bo‘la oladigan ummat buyuklari (davomi bor):

Abu Bakr Siddiq RoziAllohu Anhu

Umar ibn Hattob darsligi to'liq holda
653 views15:00
Ochish/sharhlash
2022-08-29 13:19:20
Agar ilmni bir surat kabi tasvirlansa edi, u Quyosh va Oydan ham go‘zalroq narsa bo‘lar edi.

@kitob_ombori
873 views10:19
Ochish/sharhlash
2022-08-29 12:44:07
Ayni paytda hammadan nafratlanayotgan odam - bir paytlar kimnidir juda qattiq sevgan bo‘ladi.

Sergey Yesenin

@kitob_ombori
929 viewsedited  09:44
Ochish/sharhlash