Get Mystery Box with random crypto!

Tenglikning foydasi Iqtisodiyot professori bir kuni butun bir | Kitoblar ombori (blog)

Tenglikning foydasi

Iqtisodiyot professori bir kuni butun bir guruhni qanday yiqitgani haqida hikoya qilib berdi.

Guruh sosializmning yaxshi ekanligini, hech kim kambag‘al ham, boy ham bo‘lmasligi, hamma teng bo‘lishini aytib professor bilan bahslashibdi. Professor debdi: yaxshi, unda sosializmning foydaliligi borasida guruhda tajriba o‘tkazamiz. Hammaning olgan bahosini qo‘shib, o‘rtacha bahoni chiqaramiz, hammaga bir xil baho qo‘yiladi, hech kim “a’lo” ham, “ikki” ham olmaydi. 

Birinchi nazorat ishidan so‘ng baholarning o‘rtachasi chiqarilibdi va hamma “yaxshi” baho olibdi. Zo‘r o‘qiydigan talabalarning jahli chiqibdi, o‘qimaydigan talabalar esa xursand bo‘lishibdi.

Ikkinchi nazorat ishida esa o‘qimaydiganlar deyarli o‘qimay qo‘ygani, yaxshi o‘qiydiganlar esa o‘qimasdan ham yaxshi baho olish mumkinligi uchun kamroq o‘qiganlari oqibatida hamma “o‘rta” baho olibdi. Bundan hech kim xursand bo‘lmabdi.

Uchinchi nazorat ishida esa barchaga qoniqarsiz baho chiqibdi.
Oqibatda guruhdagilar bir-birlari bilan bahslashib, janjallashib ketishibdi.

@kitob_ombori