Get Mystery Box with random crypto!

MENI IZLAGANLAR.. Gulim, bu eshikni qoqma endi bas, Endi iz | Oddiygina binafsha™

MENI IZLAGANLAR..

Gulim, bu eshikni qoqma endi bas,
Endi izlarimni qumlar yopadi.
Boshqa bu havodan olmayman nafas,
Meni izlaganlar sherdan topadi.

Qolmadi men boshim urmagan devor,
Ko'rdim mushuklar ham itdek qopadi.
Ishongan do'stlarim qilib ketdi or,
Meni izlaganlar sherdan topadi.

Muzlagan qalbimni quyosh isitmas
Bevafo dunyodan ko'nglim sovidi.
Yo'q men o'z jonimga qilganim yo'q qasd,
Meni izlaganlar sherdan topadi.

Oliy janoblarga javobimdir sher,
Qo'limdan kelgan bir savobimdir sher.
Axir endi mening hayotimdir sher
Meni izlaganlar sherdan topadi.

Yolg'on kemalarda suzmayman endi,
Yolg'iz yuragimni ezmayman endi.
Baxtli hayotingni buzmayman endi
Meni izlaganlar sherdan topadi.

Alvido aytaman eski kunlarga
Oysiz osmonlarga qaro tunlarga.
Bor yo'g'imni tortib olgan yillarga
Meni izlaganlar sherdan topadi.

Gulim ketganimni dunyolarga ayt,
Bilaman ortimdan hech kim chopadi.
Daryoyu soyga ayt, samolarga ayt,
Meni izlaganlar sherdan topadi.

Adabiyot degan yerdan topadi!.