Get Mystery Box with random crypto!

#baxt_bu Baxt - bu orzularga yetmoqlik emas, Zero, orzularn | Oddiygina binafsha™

#baxt_bu

Baxt - bu orzularga yetmoqlik emas,
Zero, orzularning karvoni uzun...
Baxt - bu armonlardan ketmoqlik emas,
Аrmon yurakdagi yechilmas tugun...

Gʼamlarda yuzi yorugʼ turmoqlik baxtdir,
Ikki oyogʼingda yurmoqlik baxtdir...
Shoxona saroyda yolgʼizlik emas
Tengingla kulbada boʼlmoqlik baxtdir.