Get Mystery Box with random crypto!

«Beparvolikning nozik sanʼati» – Mark Menson 6 milliondan ort | Kitabun

«Beparvolikning nozik sanʼati» – Mark Menson

6 milliondan ortiq nusxada sotilgan «New York Times» bestselleri boʻlgan ushbu asar oʻzbek tilida ham nashr qilindi.

Soʻnggi yillarda Menson ancha ommalashgan blogi orqali oʻzimiz va atrofimizdagi olam haqidagi yolgʻon tasavvurlarimiz va ularni toʻgʻrilash haqida yozdi. Nihoyat, u oʻzining achchiq haqiqatlarini ushbu kitobga jamladi.

Ushbu kitobda muallif baxtli boʻlishning kaliti mudom “ijobiy” fikrlashni toʻxtatib, voqelikni tan olish va unga tik borishda, deb koʻrsatadi.

«Yillar mobaynida bizga ijobiy fikrlash – baxtli va muvaffaqiyatli hayotning kaliti, deya uqtirib keldilar. Ortiq bunday boʻlmaydi. Ijobiylikka tupuring», – deydi Mark Menson.

Menson ilmiy tadqiqotlar xulosalari va oʻrinli oʻtkir hazillari yordamida oʻz argumentini quvvatlaydi.

• Muqovasi: yumshoq
• Narxi: 34 000 soʻm

Murojaat uchun: @Kitabun_admin

@kitabunuzb