Get Mystery Box with random crypto!

«Toʻsiqlarga qaramay sevdik» – Mirach Chagʻri Oqtosh Turkiyal | Kitabun

«Toʻsiqlarga qaramay sevdik» – Mirach Chagʻri Oqtosh

Turkiyalik yozuvchi Mirach Chagʻri Oqtosh qalamiga mansub ushbu kitobni oʻqirkansiz, oʻzingizga yangi doʻst topganday boʻlasiz. Mutolaa davomida har bir satr mazmunini ichdan, azoblanib his qilasiz. Chunki muallif asl haqiqatlar qanchalik achchiq boʻlmasin, ularni yozishdan sira chekinmagan. Asarni oʻqiyotganingizda oʻz xatolaringizni kimdir yuzingizga achinmasdan soʻzlayotganini his qilasiz, hatto mutolaani toʻxtatishni ham oʻylashingiz mumkin. Lekin bunday qilmang. Sevish ojizlik emas. Sevilmaslik ham ojizlik emas. Asar mazmuni oʻzgacha. Unda insonlarga nafrat, ularni sevmaslik oʻrgatilmaydi. Yoʻq, aslo bunday emas. Shunchaki, Alloh ato etgan qalbni, undagi muhabbatni hammaga ham isrof qilavermaslik oʻrgatiladi. Oʻz qalbingizdagi, hatto oʻzingizdan ham yashiringan hislaringiz biroz boʻlsa-da hurlikka erishishini istasangiz, bu asar siz uchun...

• Muqovasi: yumshoq
• Narxi: 27 500 soʻm

Murojaat uchun: @Kitabun_admin

@kitabunuzb