Get Mystery Box with random crypto!

Ikonik lahzalar haqida. Universalga tegishli Focus Features k | Kino Club

Ikonik lahzalar haqida.

Universalga tegishli Focus Features kino kompaniyasi dunyodagi eng top studiyalardan biri bo'ladi. Ular chiqargan deyarli har bir film Tanqidchilar tomonidan yaxshi baholanadi yoki doim yirik mukofotlarga jiddiy da'vogar bo'lishadi. Ularning deyarli barcha filmlarida vaqt sinovidan o'tadigan (ya'ni uzoq vaqt eslanadigan) unutilmas yoki ikonik lahzalar mavjud. Ularning filmlari kassani bombardirovka qilib tashlamasada, muxlislar qalbidan bir umrlik joy oladi, misol "G'urur va Andisha" filmi singari. Bu kabi afsonaviy ikonik sahnalar Focus Features filmlarini chinakam maxsus loyihalarga aylantirishga yordam beradi. Shuning uchun qadri baland.
Ikonika - bu ma'no yaratadigan har qanday narsa. Biz qadrlaydigan bu kino sahnalari o'ta subyektiv bo'lib, boshqa kino muxlislar kabi bizning istak va ehtiyojlarimizga qanday tarzda tadbiq etilganligi bilan esimizda qolib ketadi.
Bizning sevimli filmlarimiz ichida muxlislar hayotiga abadiy ta'sir ko'rsatadigan sahnalar mavjud va biz bu sahnalarni "Ikonik" lahzalar deb belgilab qo'yamiz. Qahramonlar juda yaxshi ko'riladi, chunki biz ularni biz doim o'zimiz bilan bog'liq deb bilamiz va ular ko'pchiligimizning hayotining ma'lum bir davrida boshdan kechiradigan arxetiplarga "o'zimizni obrazga" asoslangan bo'ladi. Realistik drama haqida gap ketyabdi, Marvel bundan mustasno, sorry. Durdona film suratga olishning eng katta siri shu bo'ladi, ikonik lahzalarga ega filmlari ko'rishni kanda qilmaslik kerak, ehtimol afsuslanarsiz nega oldinroq ko'rmadim deb.