Get Mystery Box with random crypto!

U yerda biz vahshiylar go'shti bilan ziyofat qilamiz. 12 asrd | Kino Club

U yerda biz vahshiylar go'shti bilan ziyofat qilamiz.

12 asrda General Yue Feyning yozgan mashxur sheri asosida "Butun daryo qizil" filmi suratga olinibdi.
Xitoyda hozir eng trendda bo'lib turgan film. Adashmasam, kassada o'zining milliy filmlari orasida top 6 likka kirdi yaqinda. Uslub ham, mazmun ham samarali tarzda filmga yedirilgan. Va funktsional ili bejirim ko'rinishga ega. Har bir aktyor o'z xarakteriga ajoyib joziba bag'ishlaydi. Hayajonli syujet va nafis kinematografiya bilan yaxshi chiqish qilingan. Chiroyli atmasfera bilan nozik liboslar aralashmasi ko'ngilga xush keladi. Filmning birinchi yarimi unchalik mazmunli emas, ammo ikkinchi bo'lagi epik fojeali komediya. Garchi bu Xitoy filmi bo'lsada, unda ifodalangan his tuygular, menimcha barcha insonlarga tegishli. Qotillik, xiyonat va siyosiy intrigalar bilan to'ldirilgan asoslarga ega, labirintdek joylashuviga mos keladigan syujetga ega. O'sha mashxur "Uchar xanjarlar mamlakati" filmini rejissyori suratga olgan, ancha top inson, ko'rilinoradi.