Get Mystery Box with random crypto!

Kimyo || Jamshid KARIMOV

Telegram kanalining logotibi kimyo_uz_ru — Kimyo || Jamshid KARIMOV K
Telegram kanalining logotibi kimyo_uz_ru — Kimyo || Jamshid KARIMOV
Kanal manzili: @kimyo_uz_ru
Toifalar: Telegram
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 164
Kanalning ta’rifi

https://t.me/kimyo_uz_ru
Creator: Jamshid KARIMOV

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-12-27 02:03:08 Gibridlanish energiyasi (fosfor atomi holida energiya 620 kJ/molga teng) ning katta bo'lishi gibridlanishning amalga oshishi uchun qiyinchilik tug'diradi.
V(A) guruhda yuqoridan pastga tushgani sari gibridlanish energiyasi borganligi tufayli gibridlangan atom orbitallari o'rniga toza p-orbitallarning bog' hosil qilisji osonlashadi. Buning natijasida azotdan surmaga o'tgan sari p-AO xos bo'lgan 90°C yaqinlashib boradi va gibridlanish qiyinlashadi.
Sabab: gibridlanish uchun sarflanadigan energiya ko'payib boradi.
Bunaqa holatlar PH3, AsH3, SbH3, H2S, H2Se, H2Te kabi va boshqa molekulalarda kuzatilishi mumkin.
Gidridlanish energiyasining qiymati atom orbitallarining gibridlanishi uchun to'siq bo'ladi.
Shuning uchun orbitallar gibridlanishi qiyinlashadi, taqsimlanmagan elektronlar o'z orbitalida qolishga intiladi.
56 views23:03
Ochish/sharhlash
2022-12-27 01:57:21 Etalon (frans. — namuna) — biror narsaning ideal namunasi, oʻlchovi yoki turi (tipi); fan va texnikaning muayyan taraqqiyot darajasida eng yuqori aniqlikka erishilgan oʻlchov birliklarini qayta tiklash, saqlash va tarqatish uchun xizmat qiladigan namuna oʻlchovlar hamda oʻlchash asboblari. Har qanday buyum yoki oʻlchash natijasi Etalonga solishtiriladi. Etalon birlamchi, ikkilamchi, maxsus, davlat Etalonlari, Etalon guvoh, solishtirma Etalon, ishchi Etalon, Etalonnusxalarga boʻlinadi.
Oʻlchamlar va ogʻirliklar xalqaro byurosi tayyorlagan metr va kilogrammning platinairidiyli Etalonlari xalqaro va milliy Etalonlar hisoblanadi. Har bir mamlakatda, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasida saqlanadigan metr, kilogramm, volt, om, sham va lyumen Etalonlari xalqaro Etalon bilan solishtirib turiladi. Ishlab chiqarilayotgan biror mahsulotni taqqoslash uchun namuna, oʻlchov Etalonlardan foydalaniladi. Masalan: don namunasi, kanop tolalari namunasi va boshqalar. Oʻzbekistonda Etalonlarni saqlash va ulardan foydalanish masalalari bilan "Oʻzstandart" agentligi shugʻullanadi.
52 views22:57
Ochish/sharhlash
2022-12-27 01:55:04 Qayta qayta koʻrishga arziydigan video
51 views22:55
Ochish/sharhlash
2022-12-25 14:42:23 Tuzlar gidrolizi.
Tuzlar gidrolizi – bu tuz ionlari bilan suv ionlari tasirlashib, kuchsiz elektrolitlar hosil qilish jarayoni gidroliz deb ataladi.
Gidroliz so’zi grekcha “gidro” – suv, “lizis”- parchalayman degan manoni anglatadi.
Tuzlar gidrolizlanganda suvning dissosilanishidagi ion muvozanati siljiydi. Natijada ko’pchilik tuzlarning eritmalari kislotali yoki ishqoriy muhitga ega bo’lib qoladi.
Tuzlar gidrolizi 4 ta turga bo’linadi.
1. Kuchsiz asos va kuchli kislotadan hosil bo’lgan tuz. Bunga misol qilib NH4Cl ni olamiz, u suvda NH4+ va Cl- ionlariga dissotsilanadi. Bu tuzning gidrolizlanishini quyidagicha ifodalash mumkin.
NH4Cl NH4OH + HСl
Yoki ionli ko’rinishda
NH4+ + H2O NH4OH + H+
2. Kuchsiz kislota va kuchli asosdan hosil bo’lgan tuz. Misol sifatida natriy sianidning godrolizlanishini ko’rib chiqamiz.
NaCN + H2O HCN + NaOH
Yoki ionli shaklda
CN- + H2O HCN + OH+
3. Kuchsiz kislota va kuchsiz asosdan hosil bo’lgan tuz. Kuchsiz kislota va kuchsiz asosdan hosil bo’lgan tuzga ammoniy atsetat CH3COONH4 ni misol qilib keltirish mumkin. U CH3COO- va NH4+ ionlariga dissotsilanadi. Bunda ikkita kuchsiz elektrolit: sirka kislota va ammoniy gidroksid hosil bo’ladi.

4. Kuchli kislota va kuchli asosdan hosil bo’lgan tuz. Masalan; KCl suvda eritilsa, K+ hamda Cl- ionlari suvning H+ va OH- ionlari bilan kuchsiz dissotsilanuvchi birikma hosil qilmaydi. Demak kuchli kislota va kuchli asosdan hosil bo’lgan tuz gidrolizga uchramaydi. Muhit neytral bo’ladi. pH=7.
M; KNO3, K2SO4, NaCl, Na2SO4, va hakozo.
Abituriyent do'stlaringizga yuboring!

65 views11:42
Ochish/sharhlash
2022-12-24 18:12:35 Motivatsiya: Mag'zun bo'lma https://t.me/chemic_uz
58 views15:12
Ochish/sharhlash
2022-12-23 22:38:53 1) molekulya kristal panjara –kristall panjara tugunlarida molekulalar joylashadi.
Xossalari - Kristall panjara tugunlarida molekula tutadi, Bog’lanishi kovalent, Suyuqlanish va qaynash t0 lari past, Diaelektrik -elektr tokini o’tkazmaydi, Suvda yomon eriydi, Mo’rt bo’ladi, Sublimatlanish — qizdirilganda suyuqlanmasdan gaz xolatga o’tadigan fizik xodisa.
Vakillari – past temperaturada qattiq xolatga o’tishi mumkin bo’lgan organik birikmalar, gazlar [H2, Gal2, CO2 (Quruq muz),C6H6, O3, oq P, O2, N2, ...] suyuq, kukun, organik spirtlar, CO(NH2)2, nodir gazlar, H2O, J2, naftalin, inert gazlar, S allatropiyalari.
Davomi bor ...
Abituriyent do'stlaringizga yuboring!

Mexmonxonov tayyorlov kursi
71 views19:38
Ochish/sharhlash