Get Mystery Box with random crypto!

​​​​ Kataliz Katalizator - reaksiyani tezlashtiradigan, | Kimyo || Jamshid KARIMOV

​​​​ Kataliz

Katalizator - reaksiyani tezlashtiradigan, ammo o'zi o'zgarmay qoladigan.
modda (katalizator reaksiyada qatnashadi),

Katalizator- „parchalovchi'' tushunchasini Y.Berselius kiritgan.

H202 --> H20 + 0,502

KClO3 -> KCl + 1,5O2

Katalizator va reagentlar bir-biridan sirt bilan ajralmagan bo'lsa gomogen kataliz, sirt bilan ajralgan bo'lsa geterogen kataliz deyiladi.

Gomogen kataliz:
2SO2(g) + O2(g) => 2SO3(g)

Geterogen kataliz:

2SO2(g)+ O2(g) — >2SO3(g)

Katalitik zaharlar - qattiq katalizatorni aktivligini yo'qotadigan moddalar
Masalan, ammiak sintezida 0,1% S bo'iishi to'rsimon Fe katalizatorni ta'shim to'xtatadi, katalitik krekingda alyuminiy silikat katalizatorini qurum qoplab ishlatmay qo'yadi, zaharlangan katalizatorni kuydirib aktivligi tiklanadi.

Promotorlar - katalizatorni aktivligini oshiradigan moddalar.

Masalan, ammiak sintezida temir katalizatorga 2% KAlO2 qo'shilsa temirni aktivligi ortadi, Pt ni aktivligini Fe va Al kuchaytiradi.

Ingibitorlar (manfiy
katalizatorlar) - reaksiyani sekinlatadigan yoki to'xtaiadigan moddalar

Masalan

H2SO3 + 0 2 =#=>H2S04 reaksiyani giitserin to'xtatib qo'yadi.

Fermentlar (enzimlar, biologik katalizatorlar) - katalizator xossali oqsillar. Ular tirik organizmlardagi reaksiyalami oddiy sharoitda minglab marta tezlatishi, o'ta tanlab ta'sir etishi bilan anorganik katalizatorlardan farq qiladi.