Get Mystery Box with random crypto!

#Konfiguratsiya Konfiguratsiya - tartib bilan joylashish deg | Kimyo || Jamshid KARIMOV

#Konfiguratsiya

Konfiguratsiya - tartib bilan joylashish degan ma’noni bildiradi.

Elektron konfiguratsiya - elelktronning atomda pog‘ona,pog‘onacha va orbitalallarda joylashish haqida ma’lumot beradi.

Pog‘ona(qavat) - davr raqamiga teng. U 1 dan 7 gacha raqamlar bilan yoko K,L,M,N,O,P,Q harflari bilan belgilanadi.

1-pog‘ona 1 ta qavatcha s
2-pog‘ona 2 ta qavatcha s,p
3-pog‘ona 3 ta qavatcha s,p,d
4-pog‘ona 4 ta qavatcha s,p,d,f larni o‘z ichiga oladi. Qolgan 5-6-7-pog‘onlarda ha tartib tushday ketadi.

Pog‘onadagi maksimal elektronlar soni 2n² formula bilan aniqlanadi

Pog‘onacha(qavatcha) - elektron orbitallar shakliga qarab pog‘onachalar turli xil bo‘ladi:

s-sharsimon tarkibida 1 ta orbital(yacheyka) bo‘ladi
p-gantelsimon tarkibida 3 ta orbital(yacheyka) bo‘ladi
d-qo‘sh gantelsimon tarkibida 5 ta orbital(yacheyka) bo‘ladi
f-murakkab gantelsimon tarkibida 7 ta orbital(yacheyka) bo‘ladi
Orbital(yacheyka) - yadro atrofida elektronning bo‘lish ehtimoli eng yuqori(90%) bo‘lgan fazoga aytiladi. Har bir orbital(yacheykaga) eng ko‘pi 2 ta elektron sig‘adi. Shu sababdan

s-pog‘onacha 1 ta yacheyka maksimal 2 ta elektron joylashadi
p-pog‘onacha 3 ta yacheyka maksimal 6 ta elektron joylashadi
d-pog‘onacha 5 ta yacheyka maksimal 10 ta elektron joylashadi
f-pog‘onacha 7 ta yacheyka maksimal 14 ta elektron joylashadi

Nazariy jihatdan:
g-pog‘onacha 9 ta yacheyka maksimal 18 ta elektron joylashadi