Get Mystery Box with random crypto!

#Foydali. #Malumot. REAKSIYA TEZLIGIGA TA'SIR ETUVCHI OMILLA | Kimyo || Jamshid KARIMOV

#Foydali.
#Malumot.

REAKSIYA TEZLIGIGA TA'SIR ETUVCHI OMILLAR.

Massalar ta'siri qonuni.Moddalar konsentratsiyalarining kimyoviy reaksiya tezligiga ta'sirini ifodalaydigan qonunni 1867-yilda Norvegiyalil olim P.Vaage va K.Gulberg lar aniqlagan.
A+B= C
v=k[A]•[B]
M-n:
N2+3H2=2NH3
v=k•[N2]•[H2]³
v- reaksiya tezligi.
k- tezlik konstantasi.
"k" faqat temperaturaga bog'liq.

TEMPERATURA TA'SIRI.
Harorat har 10°C ga ortganda reaksiya tezligi 2-4 marta ortadi.Vant-Goff qonuni bu.

Vt2
------=¥^t2-t1/10
Vt1

Vt1 va Vt2 reaksiyaning boshlang'ich (t1), va oxirgi (t2) temleraturadagi tezliklari.
¥ => temperatura koeffsiyenti.
t1 => oxirgi vaqt.
t2 => boshlang'ich vaqt.

QATTIQ MODDA YUZASI.
Agar reaksiyada qattiq modda qatnashsa , uning yuzasi qanchali katta bo'lsa, shuncha tezligi katta bo'ladi, uning uchun qattiq modda ko'proq maydalanishi kerak, shunda tezlik ham yuqori bo'ladi.

MODDANING TABIATI
Moddaning xossasiga bog'liq.M-n ishqoriy metallar kislotalar b-n , yaxshi reaksiyaga kirishadi, amfoter elementlar sekin, mis va simob deyarli kirishmaydi.

KATALIZATOR, kimyoviy reaksiya tezligini tezlashtirib , lekin o'zi reaksiyada ishtirok etmaydigan moddadir.

INGIBITORLAR => Reksiyani sekinlashtiruvchi moddalardir, bunda manfiy kataliz bo'ladi.
Manfiy kataliz bu reaksiya tezligini kamaytiradi, musbati esa oshiradi.M-n: manfiy katalizga H2O2 parchalanishi misol bo'ladi.

PROMOTOR => Katalizator kuchini oshirib beruvchilardir.