Get Mystery Box with random crypto!

Xushxabar!!! 2-Yosh kimyogarlar olimpiadasi Farmatsevtika | MEGA KIMYO | JURABEK KHASANOV

Xushxabar!!!

2-Yosh kimyogarlar olimpiadasi Farmatsevtika ta'lim va tadqiqot instituti bilan hamkorlikda o‘tkaziladi.

1-bosqich fevral oyini o‘rtalarida onlayn shaklda, 2-bosqich esa may oyida Toshkent shahrida Farmatsevtika ta'lim va tadqiqot institutida oflayn tarzda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

YKO ga qatnashmoqchi bo‘lganlar o‘zlariga mos quyidagi 4 ta yo‘nalishdan faqat 1 tasida qatnashishi mumkin:
• 7,8-sinflar
• 9,10-sinflar
• 11-sinflar va abituriyentlar
• 1,2,3-kurs OTM talabalari

Final bosqichi g‘oliblari diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi, shuningdek final bosqichida 1,2,3-o‘rinlarni qo‘lga kiritgan 11-sinf va abituriyentlarni Farmatsevtika ta'lim va tadqiqot instituti imtihonsiz o‘qishga qabul qiladi.

Olimpiadaga ro‘yxatdan o‘tish 1-dekabrda ochiladi va 15-yanvarga qadar davom etadi.

Qo‘shimcha ma'lumotlar @ykouz telegram kanalida berib boriladi.

Do‘stlarga ulashish