Get Mystery Box with random crypto!

#Kislotalar_Nomlanishi Kislotalar 'IUPAC' ning 1979 - yild | MEGA KIMYO | JURABEK KHASANOV

#Kislotalar_Nomlanishi

Kislotalar "IUPAC" ning 1979 - yilda qabul qilgan nomenklaturasiga asosan nomlanadi:

Kislorodsiz kislotalarnig nomi kislota hosil qilgan element nomiga - "id" qo'shimchasi qo'shib aytiladi : HF - ftorid, HBr - bromid ...

Kislorodsiz kislotalarda element turli valentlik (yoki oksidlanish darajalari) namoyon qilsa - eng past oksidlanish darjasida bo'lsa, "gipo" - old qo'shimchasi va "it" qo'shimchasi qo'shiladi: HClO - gipoxlorit, HBrO - gipobromit, HIO - gipoyodit kislota deyiladi;

O'rtacha oksidlanish darajasida bo'lsa, "it" qo'shimchasi qo'shib aytiladi ; HClO2 - xlorit, H2SO3 - sulfit, HNO2 - nitrit, H3PO3 - fosfit.

Yuqori oksidlanish darjasida bo'lsa, kislota hosil qiluvchi element nomiga - "at" qo'shimchasi qo'shib aytiladi; H2CO3 - karbonat, H2SiO3 - silikat, H2SO4 - sulfat, HNO3 - nitrat.

Kislota hosil qiluvchi elementlarning juda yuqori oksidlanish darajasini ko'rsatish uchun (+7) "per" old qo'shimchasi qo'shib kislota nomi aytiladi: HCl(+7)O4 - perxlorat, HMnO4 - permangana;

Bir element bir xil oksidlanish darajasida turli tarkibli kislotalar hosil qilsa, vodorod atomlari (aniqrog'i suv molekulalari) soni kami - "meta", vodorod atomlari ko'piga "orto" - old qo'shimchasi qo'shib aytiladi: HP(+5)O3 - metafosfat, H3P(+5)O4 - ortofosfat, H2SiO3 - metasilikat, H4SiO4 - ortosilikat;

Agar kislota bir xil tarkibli kislotaning ikkita molekulasi birikib, bir molekula suv chiqib ketishidan ( qizdirish natijasida ) hosil bo'lgan bo'lsa, uning nomiga " di" ("piro") qo'shimchasi qo'shib aytiladi: H4P2O7 - pirofosfat kislota (yoki difosfat kislota), H2Cr2O7 - dixromat kislota

Do'stlaringizga ham ulashing:



Telegram Manzil |
@Kimyo_Khasanov
Telegram Manzil |
@Kimyo_Khasanov