Get Mystery Box with random crypto!

KIMYO BIOLOGIYA | QUIZ TESTLAR UZ

Telegram kanalining logotibi kimyo_biologiya_dtm_quiz_testlar — KIMYO BIOLOGIYA | QUIZ TESTLAR UZ K
Telegram kanalining logotibi kimyo_biologiya_dtm_quiz_testlar — KIMYO BIOLOGIYA | QUIZ TESTLAR UZ
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.10K
Kanalning ta’rifi

✯ DTM va quiz testlar
★ Qiziqarli ma’lumotlar
🌪 Eng sara va soʻngi quiz testlar birinchi bizda keyin qolgan-qutganlarda
🩺 Ega – @Rakhimov_Bekzod
📚 Ilm oling: @AbituriyentBot
💬 Guruhimiz: @Kimyo_biologiya_gr
📈 Reklama uchun – @reliable_agency

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 22

2022-08-05 22:29:12 MEVALAR

gulli (yopiq urug'li) o'simliklarda urug'lanishdan keyin meva hosil bo'ladi
meva asosan urug'chi tugunchasidan hosil bo'ladi
meva hosil bo'lishida urug'chisan tashqari, gulning boshqa qismlari ham ishtirok etadi. Masalan, gulqo'rg'on, gulo'rni va boshq.

mevalar 2 xil bo'ladi:

chin meva (agar tugunchaning o'zidan hosil bo'lsa). Masalan:
o'rik
olcha
shaftoli
olxo'ri
gilos

soxta meva (agar mevaning shakllanishida tugunchadan tashqari gulning boshqa qismlari qatnashsa). Masalan
olma
nok
behi

Ho'l meva (mevalarning oraliq qismi seret va qalin bo'lsa). Masalan
o'rik
shaftoli
olcha

Quruq meva (agar oraliq qismi yupqa, etsiz va quruq bo'lsa). Masalan
no'xat
mosh
loviya
bug'doy
makkajo'xori

Ho'l meva xillari

rezavor meva. Masalan:
uzum navlari
pomidor
qoraqat
ituzum
qovoq meva
eti rezavor mevalarnikiga qaraganda qalin

➫ Yaqinlarga ulashing
https://telegram.me/+VABHhQSvW0WdWkUH
▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬
@QUIZ_TESTLAR_UZ - KANALIGA OBUNA BOʻLING!
13.4K views19:29
Ochish/sharhlash
2022-08-05 15:41:17 NERV SISTEMASI KASALLIKLARI


Orqa miya va uning nervlarining zararlanishi.
Gripp va boshqa ayrim yuqumli virus kasalliklari asorati ta’sirida nervlar harnda nerv tugunlari zararlanishi mumkin. Sezuvchi nerv tolalarining zararlanishi nevralgiya deyiladi. Bun- da kasallangan nerv sohasida kuchli og‘riq seziladi. Masalan, uchlik nerv shamol- laganida yuz, ko‘z va tishlarda og‘riq paydo bo‘ladi.

Harakatlantiruvchi nervlarning zararlanishi.
shamollashi nevritga olib keladi. Nevrit kasalligida yuz muskullari harakatsiz, shol bo'lib qolishi oqibatida yuzning bir tomoni va og'izning chakkasi tortilib qoladi.
Ba’zan umurtqa pog'onasi bel va dumg‘aza qismidan chiqadigan nervlarning siqilib qolishi sababli radikulit deb ataladigan kasallik shamollash yoki og‘ir yuk ko‘tansh oqibatida kelib chiqadi.

Orqa miya harakatlantiruvchi neyronlarini zararlanishi.
--- > viruslar zararlashidan poliomiyetit (bolalar falaji) kelib chiqadi. Bu kasallikda muskullar qisqarish xususiyatini qis- man yoki tamoman yo‘qotishi mumkin. Buning natijasida kasallangan nerv bosh- qaradigan organ kamharakat yoki harakatlanmaydigan (shol) bo‘lib, osilib qoladi.

Bosh miya kasalliklari. Gipertoniya (qon bosimining ko‘tarilishi)
ateroskleroz (qon tomiri nayining torayib qolishi) kasalliklarida miyada qon aylanishi- ning buzilishi yoki kapillar qon tomirlari yorilib, miyaga qon quyilishi mumkin. Oqibatda miyaga keladigan kislorod va oziq moddalar kamayib, miyaning ishi buziladi.
Qo‘l va oyoqni harakatlantiradigan markazlar shikastlanganida organlar harakatlanmasdan, tarashadek qotib qoladi.

➫ Yaqinlarga ulashing
https://telegram.me/+VABHhQSvW0WdWkUH
▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬
@QUIZ_TESTLAR_UZ - KANALIGA OBUNA BOʻLING!
13.3K views12:41
Ochish/sharhlash
2022-08-04 20:07:49
13.7K viewsedited  17:07
Ochish/sharhlash
2022-08-04 12:36:19 SUVDA HAMDA QURUQLIKDA YASHOVCHILARNING KO'PAYISHI , RIVOJLANISHI VA XILMA - XILLIGI.

Tuxum qo'yishi ---- > Baqalar qishki karaxtlik xolatidan chiqib suv havzalari yaqinida oziq axtara boshlaydi. Urg'ochi baqalar tuxumlariga erkak baqalar urug'ini sepib ketadi.
Bitta baqa 5 000 - 10 000 tagacha tuxum qo'yishi mumkin. Tuxumning ustki qismi qoramtir tusda bo'lib quyosh nuri tasirida yaxahi isiydi.

Rivojlanishi ---- > Tuxumdan lichinka ( itbaliq ) rivojlanadi.
Itbaliqning tuzilishi baliqqa o'xshaydi.
- > uzun va keng dumi
- > ikki tutam jabralari
- > yuragi ikki kamerali
- > qon aylanish doirasi bitta
- > yon chiziqlari mavjud.

Itbaliq dastlab tuxumdan qolgan qoldiq bilan keyinchalik mayda suvo'tlqri , bir hujayrali hayvonlar va mikroorganizmlar bilan oziqlanadi.

Itbaliq rivojlanish jarayonida :
- > jabra o'pkaga alishadi.
- > dumi yo'qolib boradi.
- > yuragi uch kamerali bo'ladi.
- > qon aylanish doirasi ikkita bo'ladi.

Suvda hamda quruqlikda yashovchilarning xilma - xilligi.
4 000 dan ortiq tur kiradi. Asosan ikkita katta turkumdan iborat.
Dumlilar ( Triton , Salamandra )
Dumsizlar ( ko'l baqasi , Qurbaqa )

Dumlilar ---- > O'rta Osiyoda uchramaydi. Eng yirik vakili Gigant Salamndra bo'lib Janubiy - Sharqiy Osiyoda tarqalgan , uzunligi 1,7 m ga yetadi.
Dumsizlar ( Yashil qurbaqa ) ---- > ko'l baqasiga nisbatan ancha yirik , rangi och yashil yoki kulrang , terisida zaharli oq suyuqlik ishlab chiqaradigon bezlari joylashgan. Orqa oyoqlari nisbatan kuchsiz bo'ladi. Kunduzi kemiruvchilar inida va yerro'lalarda yashirib yotadi , kechasi esa ovga chiqadi.

Ahamiyati ---- > Suvda hamda quruqlikda yashovchilar Foydali hayvonlar bo'lib zararkunanda hasharotlarni qiradi.
Qurbaqa bir kecha kunduzda 100 tagacha , 9 oy davomida 3 000 tagacha hasharotni qiradi.

Kelib chiqishi.
Baliqlar ----- > O'pkali panjaqanotlilar ---- > Dumlilar ---- > Dumsizlar.

Bundan 300 mln yil ilgari O'pkali panjaqanotlilardan kelib chiqqan deb taxmin qilinadi.
O'pkali panjaqanotlilarning suzgichlari skeleti Suvda hamda quruqlikda yashovchilarning oyoqlari skeletiga o'xshab ketgan.

➫ Yaqinlarga ulashing
https://telegram.me/+VABHhQSvW0WdWkUH
▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬
@QUIZ_TESTLAR_UZ - KANALIGA OBUNA BOʻLING!
14.3K views09:36
Ochish/sharhlash
2022-08-03 23:02:32 ​​#Qabul2022
Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi

2022-2023-o‘quv yili
da oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi.

Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.dtm.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin.

Shuningdek, ruxsatnomani Davlat test markazining quyidagi maxsus telegram botlari orqali ham yuklab olish imkoniyati mavjud:

@e_dtm_mandatbot
@e_dtm_mandat1bot
@e_dtm_mandat2bot
@e_dtm_mandat3bot
@e_dtm_mandat4bot

Test sinovlari 8-avgustdan boshlanishini inobatga olgan holda abituriyentlardan ruxsatnomalarni 7-avgustga qadar yuklab olishlarini so‘raymiz.

Eslatib o‘tamiz, abituriyentlar test sinovlariga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari lozim.

Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi.

➫ Yaqinlarga ulashing
https://telegram.me/+VABHhQSvW0WdWkUH
▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬
@QUIZ_TESTLAR_UZ - KANALIGA OBUNA BOʻLING!
13.2K views20:02
Ochish/sharhlash
2022-08-03 19:18:39 #Qabul2022
Test sinovlari 8-avgustdan boshlanadi

2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari 2022-yil 8-avgust kunidan boshlanadi hamda stadion va xiyobonlarda o‘tkaziladi.

Test sinovlari kuniga ikki smenada o‘tkazilib:

-smenada 07:00 dan 10:00 ga qadar;
-smenada 19:00 dan 22:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari hududlardagi abituriyentlar soni va test sinovlari o‘tkaziladigan maydonlar sig‘imidan kelib chiqqan holda 10 kundan 13 kungacha davom etadi va 20-avgust kuni yakunlanadi.

Test sinovida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish 4-avgust kunidan boshlanadi.

➫ Yaqinlarga ulashing
https://telegram.me/+VABHhQSvW0WdWkUH
▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬
@QUIZ_TESTLAR_UZ - KANALIGA OBUNA BOʻLING!
13.8K views16:18
Ochish/sharhlash
2022-08-03 14:15:07 BILIB QOʻYING.



Dominant belgilar

Noʻxat oʻsimligida...
1. Donining silliq shakli
2. Donining sariq rangi
3. Gulining qizil rangi
4. Poyasining uzun boʻlishi
5. Oddiy dukkakli boʻlishi

Nomozshomgul gulining qizil rangi

Gʻoʻzada tolasining malla boʻlishi

Qoramollarda shoxsizlik

Pomidorda...
1. Mevasining yumaloq boʻlishi
2. Mevasining qizil rangi

Drozofilada...
1. Tanasining kulrang boʻlishi
2. Qanotlarining normal boʻlishi
3. Koʻzining qizil rangi

Bugʻdoy donining qizilligi

Xoldor toʼti patining yashilligi

Xoʻrozning boʻynida patning boʻlmasligi
•••••••••••••••••••••••••••••••••••••••

Retsessiv belgilar

Noʻxat oʻsimligida...
1. Donining burishgan shakli
2. Donining yashil rangi
3. Gulining oq rangi
4. Poyasining kalta boʻlishi
5. Oddiy boʻgʻimli boʻlishi

Nomozshomgul gulining oq rangi

Gʻoʻzada tolasining oq boʻlishi

Qoramollarda shoxlilik

Pomidorda...
1. Mevasining noksimon boʻlishi
2. Mevasining sariq rangi

Drozofilada...
1. Tanasining qora boʻlishi
2. Qanotlarining kalta boʻlishi
3. Koʻzining oq rangi

Bugʻdoy donining oq boʻlishi

Toʻti patining oq boʻlishi

➫ Yaqinlarga ulashing
https://telegram.me/+VABHhQSvW0WdWkUH
▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬
@QUIZ_TESTLAR_UZ - KANALIGA OBUNA BOʻLING!
14.0K views11:15
Ochish/sharhlash
2022-08-03 09:11:54 #foydali
To'qimalar
( O'simliklarda barcha to'qimalar )

Bir - biriga o'xshash hujayralar birgalikda to'qimalarni xosil qiladi.
To'qimalar asosan 2 - xil :
1. Oddiy
2. Murakkab

Morfobiologik belgi va xususiyatlariga qarab :

1. Hosil qiluvchi
2. Asosiy
3. G'amlovchi
4.O'tkazuvchi
5. Qoplovchi
6. Mexanik
7. Ajratuvchi
To'qimalar farqlanadi.

1.Hosil qiluvchi ( 2-xil )
a.uchki
b. yon

2.Asosiy to'qima - (3-xil )
a. Assimilatsiyalovchi
b. suv saqlovchi
c. G'amlovchi

3. Gamlovchi to'qima - asosan o'simliklarda oziq moddalar g'amlanishida ishtirok etadi.
Masalan - Qizil sho'ra , Baliqko'z , Sarsazan , Buzoqbosh

4. Otkazuvchi to'qima ( 2-xil )
1.Ksilema ( yog'ochlik naylari , hujayralari o'lik) -
Suv va mineral tuzlar ildizdan bargga xarakatlanadi .
2. Floema ( lub naylari , hujayralari tirik) -
Organik moddalar bargdan barcha organlarga xarakatlanadi

5. Qoplovchi to'qima ( 3-xil )
1. Epiderma (tirik )
2. Periderma (yarim tirik , yarim o'lik )
3. Po'stloq ( o'lik )

6. Mexanik to'qima ( 2-xil )
1. Kollenxima ( tirik ).
a) Burchaksimon
b) Plasinkasimon
c) Govaksimon
2. Sklerenxima (o'lik ).
a) lub tolalari
b) sklereid ( tosh hujayralar )

7. Ajratuvchi to'qima - zararli moddalarni tashqi muhitga chiqaradi .
M: ( Kauchok , Balzam , efir moylari , Smolalar )

➫ Yaqinlarga ulashing
https://telegram.me/+VABHhQSvW0WdWkUH
▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬
@QUIZ_TESTLAR_UZ - KANALIGA OBUNA BOʻLING!
13.5K views06:11
Ochish/sharhlash
2022-07-14 07:16:56"Зоология фанидан тест " 1-кисм саволлар осон даражада тузилган Губаева Камола_ томонидан” testi
100 ta savol · 15 soniya
3.2K views✵꯭𝄊꯭𖾑➤꦳꯭ꦿ꯭ ꦳꯭ꦿ꯭✪꯭̈́̈́̈́🅐꯭͍͍̅̄ͣ🅩꯭͍͍͍̅̄ᷦ🅐꯭͍͍̅̄ͣ🅜꯭͍͍͍̅̄ᷟ✵꯭𖾑̈́̈́̈́➤꦳꯭ꦿ꯭꯭ ꙱, 04:16
Ochish/sharhlash
2022-07-14 07:16:33"Зоология фанидан тест " 2-кисм саволлар осон даражада тузилган Губаева Камола_ томонидан” testi
100 ta savol · 15 soniya
3.1K views✵꯭𝄊꯭𖾑➤꦳꯭ꦿ꯭ ꦳꯭ꦿ꯭✪꯭̈́̈́̈́🅐꯭͍͍̅̄ͣ🅩꯭͍͍͍̅̄ᷦ🅐꯭͍͍̅̄ͣ🅜꯭͍͍͍̅̄ᷟ✵꯭𖾑̈́̈́̈́➤꦳꯭ꦿ꯭꯭ ꙱, 04:16
Ochish/sharhlash