Get Mystery Box with random crypto!

KIMYO BIOLOGIYA | QUIZ TESTLAR UZ

Telegram kanalining logotibi kimyo_biologiya_dtm_quiz_testlar — KIMYO BIOLOGIYA | QUIZ TESTLAR UZ K
Telegram kanalining logotibi kimyo_biologiya_dtm_quiz_testlar — KIMYO BIOLOGIYA | QUIZ TESTLAR UZ
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.10K
Kanalning ta’rifi

✯ DTM va quiz testlar
★ Qiziqarli ma’lumotlar
🌪 Eng sara va soʻngi quiz testlar birinchi bizda keyin qolgan-qutganlarda
🩺 Ega – @Rakhimov_Bekzod
📚 Ilm oling: @AbituriyentBot
💬 Guruhimiz: @Kimyo_biologiya_gr
📈 Reklama uchun – @reliable_agency

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 15

2022-12-09 17:17:10
Buyrakni fibroz parda, yog' kapsulasi va biriktiruvchi toʻqimadan iborat fassiyalar oʻrab, ushlab turadi. Buyrak poʻstloq va magʻiz qismdan iborat. Poʻstloq qismining qalinligi 4–13 mm keladi. Bu qism ostida magʻiz qismi joylashgan. U 12—15 ta konussimon buyrak piramidalaridan iborat. Yondosh piramidalar orasiga poʻstloq qism suqilib kirgan boʻlib, buyrak ustunchalarini hosil qiladi. Piramidalar oʻrtacha 1 mln. mayda kanalcha (nefron)lardan iborat, shu nefronlarda siydik hosil boʻladi, bunda suyuqlik qondan sizib oʻtadi (filtrlanadi), qayta soʻriladi va sekresiya roʻy beradi. Har bir nefron buyrak tanachalari bilan siydik kanalchalaridan iborat.....
Kanalimiz
@QUIZ_TESTLAR_UZ
600 viewsedited  14:17
Ochish/sharhlash
2022-12-08 22:05:07
JUMA AYYOMINGIZ MUBORAK BOʻLSIN!

♡ Yahshi amal jannatga yoʻlak,
♡ Savoblarning sovgʻasi boʻlak,
♡ Chin yurakdan bildiray tilak,
♡ JUMA ayyomingiz boʻlsin muborak!

JUMA MUBORAK!

Yaqinlaringizni birinchi boʻlib tabriklash esdan chiqmasin

(@QUIZ_TESTLAR_UZ )
➥ https://telegram.me/joinchat/VABHhQSvW0WdWkUH
3.1K views19:05
Ochish/sharhlash
2022-12-08 08:36:17
Uzoq kutilgan 2-konkursimizga start berildi

Botga tashrif buyuring va berilgan shartlarni to'liq bajaring. Qimmatbaho sovg'alarimizga ega bo'ling

Sovg'alarimizni kuttirib qo'ymasdan, harakatni tezroq boshlang!

@TexnoKonkursbot — biz bilan birga bo'ling!
4.9K views05:36
Ochish/sharhlash
2022-12-01 22:30:57
#Juma_muborak

Qish faslining ilk Jumasi muborak boʻlsin! Qish fasli  Juma kuni bilan boshlanmoqda InshaAllah  qish xayrli barokatli boʻlsin

Eng yaqin insonim kirib kelgan “Juma” kuni muborak boʻlsin.

➫ Yaqinlarga ulashing
https://telegram.me/+VABHhQSvW0WdWkUH
▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬
@QUIZ_TESTLAR_UZ - KANALIGA OBUNA BOʻLING!
3.2K viewsedited  19:30
Ochish/sharhlash
2022-11-30 22:01:11 Kuzning 1-kuni muborak
3.5K views19:01
Ochish/sharhlash
2022-11-28 18:38:20
#Covid19gaQarshiEmlaning

Vaksinalar COVID-19ga qarshi samaralimi?

COVID-19 ga qarshi vaksinalar kasallikni ogʻir kechishi, kasalxonaga yotqizilish va oʻlimga qarshi juda samarali.
To'liq emlashdan keyin COVID-19 bilan kasallangan odamlarda kasallik yengil kechishi ehtimoli yuqori.
2.3K views15:38
Ochish/sharhlash
2022-11-26 13:27:49
Kimyo fanidan test yechayotgan payting

➫ Yaqinlarga ulashing
https://telegram.me/+VABHhQSvW0WdWkUH
▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬
@QUIZ_TESTLAR_UZ - KANALIGA OBUNA BOʻLING!
299 views10:27
Ochish/sharhlash
2022-11-26 06:46:22 Madaniy o'simliklarni kelib chiqish markazlari:


Janubiy Osiyo tropik markazi.

Tropik Hindiston, Hindi-Xitoy, Janubiy Xitoy, Janubiy-Sharqiy Osiyo orollari
50%
(sholi, shakarqamish va sabzavot ekinlari).


Sharqiy Osiyo markazi.

Markaziy va Sharqiy Xitoy, Yaponiya, Tayvan orollari, Koreya
20%
(soya va tariq)


Janubiy-g‘arbiy Osiyo markazi.

Kichik Osiyo, O‘rta Osiyo, Eron-Afg‘oniston, Shimoliy-g‘arbiy
Hindiston
14%
(bug‘doy, suli, dukkaklilar, zig‘ir, sabzi).


O‘rta yer dengizi markazi.

O‘rta dengiz qirg‘oqlaridagi mamlakatlar
11%
(karam, qand lavlagi, beda, zaytun daraxti vatani).


Abissiya (Efiopiya) markazi.

O‘ziga xos alohida dehqonchilik madaniyatining juda qadimgi o‘chog‘i bo‘lgan
(oq jo‘xori, arpa, banan, yovvoyi no‘xat, kofe daraxti)


Markaziy Amerika.

Janubiy Meksika
(oshqovoq, loviya, makkajo‘xori, qalampir, g‘o‘za, kakao daraxti)


Janubiy Amerika (And) markazi.

Janubiy Amerikaning g‘arbiy sohili bo‘ylab And tog‘lari tizmasi rayonlarining bir qismini o‘z ichiga oladi
(kartoshka, ananas, tamaki).
➫ Yaqinlarga ulashing
https://telegram.me/+VABHhQSvW0WdWkUH
▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬
@QUIZ_TESTLAR_UZ - KANALIGA OBUNA BOʻLING!
1.7K views03:46
Ochish/sharhlash
2022-11-24 11:17:01 Shershevskiy-Terner sindromi 
Bu sindrom faqat ayollarda uchraydi
Bunday kasalga chalingan ayollarda jinsiy xromosoma soni bittaga kamayib, XO bo‘lib qoladi. 
Natijada diploid to‘plamdagi xromosomalar soni 45 ta bo‘ladi.
Bunday ayollarning bo‘yi juda past bo‘ladi. Ularda tuxumdon rivojlan­magan, ikkilamchi jinsiy 
belgilar juda sust namoyon bo‘ladi.
Shershevs­kiy-Terner sindromi kasalligi o‘rta hisobda yangi tug‘ilgan 5000 ta qizdan bittasida 
uchraydi.
Shershevskiy-Terner sindromida autosomalar 44 ta + jinsiy xromasomalar 1 ta = 45 ta
Interfazani G¹ davrida 2n 2c holat boʻlsa, demak bu sindromda 44 ta autosoma + 1 ta jinsiy 
xromasoma va 45 ta DNK (xromatid) boʻladi.
S va G² davrlarida 2n 4c holat boʻlsa, 44 ta autosoma + 1 ta jinsiy xromasoma va 90 ta DNK 
(xromatid) boʻladi.
Mitozning profaza va metafaza bosqichlarida 2n 4c holat boʻlsa, 44 ta autosoma + 1 ta jinsiy 
xromasoma va 90 ta DNK (xromatid) boʻladi.
Anafazada 4n 4c holat boʻlsa, 88 ta autosoma + 2 ta jinsiy xromasoma (har bir qutbda 44 + 1) va 90 
ta DNK (xromatid) boʻladi.

➫ Yaqinlarga ulashing
https://telegram.me/+VABHhQSvW0WdWkUH
▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬
@QUIZ_TESTLAR_UZ - KANALIGA OBUNA BOʻLING!
2.4K views08:17
Ochish/sharhlash
2022-11-24 08:15:19 ZAMBURUG'LAR DUNYOSI.

Zamburug'larga xos xususiyatlar :
--- > Plastidalari yo'q Geterotrof organizmlar.
--- > Parazit yoki Saprofit ( O'lik organik modda bilan oziqlanishi. )
--- > Vegetativ tanasi Mitselliy deb ataladi.
--- > Suvo'tlardan Xlorofilining yo'qligi , Bakteriyalardan Yadrosining bo'lishi bilan farq qiladi.
--- > Ko'payishi jinssiz , jinsiy , vegetativ usulda amalga oshadi.
Mitselliysini tuzilishi va ko'payish usuliga qarab Zambrug'lar 2 guruxga bo'linadi :
1. Tuban Zambrug'lar ( Oq po'panak )
2. Yuksak Zambrug'lar. ( Penitsil )
Tuban zambrug'lar mitselliysida to'siqlar bo'lmaydi. Yuksak zambrug'larda esa bo'ladi.
Achitqi Zambrug'i.
--- > Haqiqiy mitselliysi mavjud emas.
--- > Hujayrasi bir yadroli , oval shaklda bo'ladi.
--- > Kurtaklanish orqali ko'payadi. Buning natijasida hosil bo'lgan hujayralar Ona hujayradan ajralib ketmaydi.
--- > Zambrug' faoliyati natijasida shakar spirt va karvonat angidridga parchalanadi. Ushbu jarayon pivo , vino , novvoychilikda ahamiyatga ega.
Qo'ziqorin zambrug'i.
--- > Tanasi oyqocha va qalpoqchadan iborat , uzunligi 10 - 12 sm ga teng.
--- > Tuproq ostidagi ko'p yillik mitselliysi yoz faslida zaxira sifatida oxiq moddalar to'plab kuzdan boshlab meva tanachalar shakllana boshlaydi.
--- > Qo'ziqorin shartli istemol qilinuvchi Zambrug'lar guruxiga kiradi. 
Istemol qilinuvchi zambrug'lardan --- > Oq zambrug' , Oqqayin bilan birga o'suvchi zambrug'.

Parazit Zambrug'lar.
O'simlik hayvon va odamlarda turli kasalliklarni keltrib chiqaradi.
Zang Zambrug'i.
--- > Oraliq ho'jayini Zirk , Asosiy ho'jayini Bug'doy hisoblanadi.
--- >  Zang zambrug'i yoz davomida Sarg'ish - qizil ( Zang ) rangdagi sporalar hosil qiladi.
--- > Bug'doy o'simligining poya va barglarini zararlaydi.
--- > Zambrug'ning sporalari yengil havoda tez tarqaladi. Ularga qarishi kurshda eng qulay usul Ushbu zambrug'ga chidamli yangi bug'doy navlarini yaratish hisoblanadi.

Virtitsill. ( Oq palak )
--- > G'o'za O'simlikgining o'tkazuvchi sistemasi paraziti hisoblanadi.
--- > O'simlikda so'lish ( vilt ) kasalligini keltrib chiqaradi.
--- > O'simlikda dastlab sarg'ish - jigarrang , so'ngra qora dog'lar paydo bo'ladi.
--- > Kasallikka qarshi kurash almashlab ekishni to'g'ri yo'lga qo'yish , Yangi g'o'za navlarini yaratish hisoblanadi.

Zambrug'larning ahamiyati.
Mikoriza.
Yuksak o'simliklar va Zambrug'larning simbioz hayot kechirishidan hosil bo'ladi.
Mikoriza 2 xil bo'ladi :
1. Ektotrof ( Tashqi ) --- > Qayin , eman va nina bargli daraxtlarda uchraydi. O'simlik ildizining ustki yuzasini zambrug' qoplab oladi.
2. Endotrof ( ichki ) --- > Zambrug' Ildizning ichki to'qimasiga kirib oladi.
Mikorizaning ahamiyati :
--- > Oqsillarni aminokislotalarga parchalaydi. Aminokislotalarning bir qismi o'simlik tomonidan o'zlashtriladi.
--- > Zambrug' daraxt ildiz tizimi shimish yuzasini oshiradi.
--- > Ichki mikoriza ko'pincha o't o'simliklarda uchraydi.

Lishayniklar.
Tirik organizmlarning o'ziga xos guruxi bo'lib Zambrug'lar va bir hujayrali suvo'tlarning simbioz yashashidan kelib chiqadi.
Lishayniklarning 26 000 ga yaqin turi ma'lum.
Lishayniklar shakliga ko'ra 3 xil :
1. Yopishqoq ( Batsidiya )
2. Bargsimon ( Parmeliya )
3. Butasimon. (                    )
--- > Lishayniklar tundra va o'rmon tundrada tarqalgan.
--- > Kimyoviy elementlarni va radioktiv moddalarni to'plash hususiyatiga ega.
--- > Atmosfera havosining ifloslanganlik darajasini aniqlashda indikator sifatida foydalaniladi.
--- > Lishaynik tarkibida : ( Lishaynik kraxmali ( lixenin ) , Disaxaridlardan Saxaroza , aminokislotalar , Vitaminlardan C , B6 , B12. )
--- > Lishaynik Manna istemol qilinadi.
Kladoniya turkumi --- > Shimol bug'ulari uchun oziq.
Daraxt po'stlog'ida yaxlit qoplam xosil qiladi :
Soqolli usneya ( Usneya barbata )
Tasmasimon everneya ( Everneya Purnastri. )
Xantoria Pariyentina ( yashil - sarg'ish va tillarang qoplam hosil qiladi. )

➫ Yaqinlarga ulashing
https://telegram.me/+VABHhQSvW0WdWkUH
▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬
@QUIZ_TESTLAR_UZ - KANALIGA OBUNA BOʻLING!
2.7K views05:15
Ochish/sharhlash