Get Mystery Box with random crypto!

Ota-Onam duolari qo'llaydi... Boshim baland, yulduzdan ham, o | Kundaligim

Ota-Onam duolari qo'llaydi...

Boshim baland, yulduzdan ham, oydan ham,
Kam emasman man-man degan boydan ham,
Hatto oltin undiraman loydan  ham,
Bir sirim bor lek aytmasam  bo'lmaydi.
Ota-Onam duolari qo'llaydi.

Omad chopar nimagaki qo'l  ursam,
Charchamayman qancha uzoq  yo'l yursam,
Baxt gapirar men gapirmay jim  tursam,
Aytmay desam yurak qurg'ur  to'lmaydi
Ota-Onam duolari qo'llaydi.

Baxt izlayman oshimdagi  toshimdan,
Dur tovlanar yig'lasam ko'z  yoshimdan,
Olmos yumshoq tosh yumshoqdir boshimdan,
Sahrolarda gul eksam gul  so'lmaydi
Ota-Onam duolari qo'llaydi.

Qish bo'lsa ham pok dilimda  bahor bor,
Tun bo'lsa ham lek uyimda nahor bor,
Yuragimda mehr to'lgan anhor  bor,
Shular borki ko'ngil bog'im  o'lmaydi
Ota-Onam duolari qo'llaydi.

Zohid Ziyo art ko'zingda  namingni,
Ortga tashla dilingdagi g'amingni,
Duolari to'ldiradi kamingni,
Bugun quvonch menga salom  yo'llaydi
Ota-Onam duolari qo'llaydi...

Zohid Ziyo

@Kichkintoy_qiz_22