Get Mystery Box with random crypto!

O‘ylanib qolarkan ba’zida  inson,  O‘zgalar aqlli o‘zimmi nod | Kundaligim

O‘ylanib qolarkan ba’zida  inson, 
O‘zgalar aqlli o‘zimmi nodon. 
Ne qilsam kamchilik toparlar har on, 
Aybsiz aybdor bo‘laman shu on...

Taqdir ham sinaydi peshonam  sho‘rmi? 
Ko‘zlarim suysa ham , qalblari  ko‘rmi? 
Buncha bardoshimni sinaysan har dam, 
Ne qilay baxtim begona  har dam...

Ko‘ngil so‘raganim boshimni  yorsa, 
Qalbimdan sevganim ko‘zlarin  yumsa. 
Haqiqat so‘zlarim ertakdek  bo‘lsa, 
Ne qilay ko‘nglim zorlanar  har dam...

Ko‘zdanmas ko‘nglim ko‘rinmay  yig‘lar, 
Armonlar yuragim hamisha  tig‘lar. 
Gunohkor bandaman suyganim  suymas, 
Nega tug‘ildim, nechun yashagim  kelmas?

Tangrim o‘zingga shukrlar  qilib, 
Tongda-yu shomda ham sendan  so‘rarman. 
O‘zing qo‘llagin deb qo‘limni  ochib,
Ko‘klarga tikilib sendan  so‘rarman!


@Kichkintoy_qiz_22