Get Mystery Box with random crypto!

Khusan Djemilov — Dizayn blog

Telegram kanalining logotibi khusandjemilov_blog — Khusan Djemilov — Dizayn blog K
Telegram kanalining logotibi khusandjemilov_blog — Khusan Djemilov — Dizayn blog
Kanal manzili: @khusandjemilov_blog
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 57
Kanalning ta’rifi

Blogdan ko'plab dizaynga oid ma'lumotlar olishingiz mumkin.
Savol va takliflar: @dostlikadmin

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-03-13 09:19:53 Perspektiva haqidagi video YouTube kanalimda chiqdi. Layk bosib, izoh yozib aktivlikni oshiring va albatta obuna bo'ling. )



59 viewsKhusan Djemilov, 06:19
Ochish/sharhlash
2023-03-09 19:02:58 Vaqt uchun filtr

Plastikdagi pul naqdga qaraganda osonroq ishlatiladi.

Bittasi qo’lingizda turibdi. Ikkinchisi esa raqamlar.

Vaqtimiz ham shunaqa. Qo’limiz bilan ushlay olmaymiz, pulchalik qadrlamaymiz.

Vaqtimizni bekorga eng ko’p oladigan narsalarga qaraylik.

Suhbatlar, kontent. Vaqtimizni berayapmiz. Lekin pulimizni bergan bo’larmidik?

Shu odam bilan gaplashish pullik bo’lganida gaplasharmidingiz?

Shu kontent pullik bo’lganida ko’rarmidingiz?

Shu filtrdan keyin hammasi joyiga tushadi.

@KhusanDjemilov_blog

azizrakhimov
66 viewsKhusan Djemilov, edited  16:02
Ochish/sharhlash
2023-03-08 19:01:51 Dasturchi Anvar Nazrulloh ajoyib post yozibdilar:

Parazit.

Har gal ChatGPT haqida yozganimda "Nega ChatGPT bizda ishlamaydi?" deb soʻrashadi.

Menda esa sizga qarshi savol bor, "Qachon oxirgi marta internetda biror xizmat uchun pul toʻladingiz?"

Bizdagi aksar odamlar internet va undagi xizmatlarni tabiiy va bepul deb qabul qilib oʻrganib qolgan. Internet rivojiga hissa qoʻshish uyoqda tursin, boshqalar qilgan ishini ham qadrlamaymiz.

Internetga qoʻyildimi, bepul boʻlishi kerak deb oʻylaymiz. Pullik dasturlarni suv tekin boʻlsa ham buzamiz. Pullik xizmatlarni koʻrsak jahlimiz chiqadi. Kino va seriallarni faqat torrentdan olamiz (qanaqa netflix?). Bu xizmatlarni yaratish, ularni doimiy ishlatib turish uchun pul va resurs talab qilinishini xayolimizga ham keltirmaymiz.

Kamiga, hukumatimiz ham absurd talablar qoʻyishdan charchamaydi. Masalan, Youtube (aniqrogʻi Google) Oʻzbekistonga xizmat koʻrsatmaydi. Monetizasiya yoqmaydi, reklama qabul qilmaydi. Sababi bizning hukumatimiz Googledan serverlarini Oʻzbekistonga koʻchirishni talab qilgan, tabiiyki Google oson yoʻldan yurgan va Oʻzbekistonni kartasidan oʻchirib qoʻygan. Buning orqasidan esa davlat va bloglerlar millionlab zarar koʻrishi esa xayolimizga ham kelmaydi.

Xullas, internet uchun biz gʻirt parazitmiz: bepul resurslardan foydalanamiz, pulligini koʻrsak burnimizni jiyiramiz. Onlayn qimorda $1000 yutqazsak-yutqazamiz, lekin Microsoft Officedan foydalanish uchun 10$ toʻlashga kelganda ziqnaligimiz tutadi. Malikadan 1000$ ga kompyuter olamiz, Windows esa oʻgʻrilangan boʻladi.

Yana uyalmasdan, "Nega ChatGPT Oʻzbekistonda yoʻq?" deymiz. San ziqnada Youtube ishlab turganiga rahmat degin.

@KhusanDjemilov_blog
58 viewsKhusan Djemilov, edited  16:01
Ochish/sharhlash
2023-03-08 06:06:28
Aziz va Mo‘tabar Ayollar! Sizlarni kirib kelgan 8-mart Xalqaro Xotin-qizlar bayrami bilan chin yurakdan muborakbod etamiz. Sizlarga uzoq umr, sihat-salomatlik, baxt va omad tilaymiz. Oilangizga tinchlik, ishlaringizda eng katta yutuqlarga erishishingizda tilakdoshmiz.



Дорогие женщины! От всей души поздравляем вас с Международным женским днем 8 марта. Желаем вам долгих лет жизни, крепкого здоровья, счастья и удачи. Желаем мира в вашей семье и больших успехов в ваших начинаниях.

Instagram | Facebook | Tik tok |Telegram
42 viewsKhusan Djemilov, 03:06
Ochish/sharhlash
2023-03-07 05:50:16 www.z2u.com Ushbu sayt orqali Freepik sayti uchun premium akkount atigi 6$ ga sotib olishingiz mumkin bir oy uchun. Freepik saytida bu 15 euro hisoblanadi. Pulingizni tejashni bugundan boshlang.

@KhusanDjemilov_blog
52 viewsKhusan Djemilov, edited  02:50
Ochish/sharhlash
2023-03-06 09:13:34 Moliyaviy muammolarni ko'p pul topish emas, balki odatlarni o'zgartirish xal qila oladi!

Biz kattagina boylik uchun asos bo'ladigan pullarni kichik va arzimas narsalarga sarflab tashlaymiz-u, bu xaqida o'ylamaymiz ham.

- Uyda osonlik bilan tayyorlash mumkin bo'lgan qaxvani ko'chadan sotib olishga maxkam yopishamiz.
- Har kuni tushlik uchun biror joyga boramiz.
-Suv sotib olamiz, televizorimizga ortig'i bilan ulab olgan telekanallarni ko'rmaymiz ham.
-Shkaflarimizni deyarli kiyilmaydigan yangi liboslarga to'ldirib tashlaymiz, to'lovlarni vaqtidan o'rkazib, ortig'i bilan to'laymiz, vaxolanki, buning oldini osongina olsa bo'lardi.

Gap o'zingizni nimalardandir maxrum qilish yoki jazolashda emas, balki kundalik odatlaringizni asta-sekin, bosqichma-bosqich o'zgartirishda. Va bunday kichik o'zgarishlar taqdiringizni o'zgartiradi.

Latte Omili

@KhusanDjemilov_blog
56 viewsKhusan Djemilov, edited  06:13
Ochish/sharhlash
2023-03-04 05:49:32 Gilamdan ayamang

Uyimni jihozlamoqchi bo’lganimda arzon gilam olmoqchi bo’lganman.

Shunda onam maslahat berganlar:

“Qimmat va arzon gilam narxida farq katta emas. Deyarlik butun umr ishlatasan. Har kuni yurasan, boshingni qo’yasan, bolalar o’ynaydi. Gilamdan pul ayama bolam.”

Butun umr ishlatadigan narsadan pul ayamaslik sog’lom fikr.

Lekin bizga shu sog’lomlik yetishmaydi.

Ichimizda 4 soat turadigan ovqat uchun, vaqt ayamay uzoqlarga boramiz, katta pul to’laymiz.

Butun umr qoladigan bilim uchun pulim yo’q deymiz.

Ikki yilda eskiradigan telefoniga oxirgi pulini (demak vaqtini) sarflaymiz.

Butun umr qoladigan tanamiz uchun bitta zalga chiqa olmaymiz.

Asabimizga tekkan g’irt begona bilan soatlab urushamiz.

Butun umr qoladigan nafsimizga, do’q ham qilib qo’ymaymiz.

To’g’rilashga hali ham kech emas.

Gilamdan pul ayamang do’stlar.

azizrakhimov_blog

@KhusanDjemilov_blog
63 viewsKhusan Djemilov, edited  02:49
Ochish/sharhlash
2023-03-03 11:38:00 Yiqilish bu tajriba

Dizaynni yakunladiz

Mijozga yubordiz

Savollar kela boshladi

Birin-ketin javob yozdiz

Ba'zida u tushunadi

Tushunmaganida, siqilasiz, xafa bo'lasiz

Tushkunlikka tushib dizayn qilgiz kelmay qoladi

Vaqt o'tadi, unutasiz

Yangi mijoz bilan ish boshladiz

Tushuntirilgan holda yuborasiz

Savollar o'rniga ma'qullov keldi

Sizga bu yoqa boshladi

Muvaffaqqiyat foizi oshdi

* * *

Har bir yiqilgan holatizdan xulosa chiqarganiz bu sizni tajribangiz. Har doim dizaynermas insonga dizaynizni tushuntirib bering. Sizni ishingiz chiroyli yoki e'tiborni tortishi shart emas balki tushunarli bo'lishi lozim va bu must have meni fikrimcha.

khamrayevblogdan
@KhusanDjemilov_blog
57 viewsKhusan Djemilov, edited  08:38
Ochish/sharhlash
2023-02-24 12:50:50
Mashhur "Montserrat"

Dizaynerlar orasida juda mashhur hisoblanmish Montserrat yozuv turi haqida nimalarni bilasiz? Keling, uning tarixi haqida biroz ma'lumot o'qiymiz.

Montserrat – Argentina poytaxti Buenos-Ayresning tarixiy tumanlaridan biri. XX asrning birinchi yarmida, ushbu hududda ko'cha belgilari va do'kon peshtoqlarining o'ziga xos uslubi paydo bo'ldi. Aynan o'sha tarixiy uslubdan ilhomlangan holda, ya'ni o'sha uslub asosida argentinalik dizayner Julieta Ulanovsky Montserrat shriftini yaratdi.

Yozuv turi to'plami 2011-yilda chiqarilgan va qisqa vaqt ichida dunyodagi eng keng tarqalgan shriftlardan biriga aylandi. Keyinchalik, 2017-yilda Julieta va uning jamoasi ushbu shriftning kirillcha versiyasini ishlab chiqdilar.

Yuqoridagi videorolikni Julietaning jamoadoshi, rejissor Fernando Lazzari shahar me'morchiligi va Montserrat yozuv turi o'rtasidagi bog'liqlikni ko'rsatish uchun yaratgan. Rolik ikki daqiqa davomida harflar hududning ruhiyatini qanday ifodalashi mumkinligini ko'rsatadi.

Xullas, shunaqa gaplar. Montserrat tumanidan ko'ra tuman nomiga atab qo'yilgan shrift mashhurroq )

@blogfolio
63 viewsKhusan Djemilov, 09:50
Ochish/sharhlash
2023-02-22 12:21:21 https://www.behance.net/gallery/164375899/SMD-Travel-Post?

Umra travel uchun qilingan SMD postlarni Behance sahifamda to'liq ko'rishingiz mumkin.

@khusancg | Behance
65 viewsKhusan Djemilov, edited  09:21
Ochish/sharhlash