Get Mystery Box with random crypto!

Mashhur 'Montserrat' Dizaynerlar orasida juda mashhur hisobla | Khusan Djemilov — Dizayn blog

Mashhur "Montserrat"

Dizaynerlar orasida juda mashhur hisoblanmish Montserrat yozuv turi haqida nimalarni bilasiz? Keling, uning tarixi haqida biroz ma'lumot o'qiymiz.

Montserrat – Argentina poytaxti Buenos-Ayresning tarixiy tumanlaridan biri. XX asrning birinchi yarmida, ushbu hududda ko'cha belgilari va do'kon peshtoqlarining o'ziga xos uslubi paydo bo'ldi. Aynan o'sha tarixiy uslubdan ilhomlangan holda, ya'ni o'sha uslub asosida argentinalik dizayner Julieta Ulanovsky Montserrat shriftini yaratdi.

Yozuv turi to'plami 2011-yilda chiqarilgan va qisqa vaqt ichida dunyodagi eng keng tarqalgan shriftlardan biriga aylandi. Keyinchalik, 2017-yilda Julieta va uning jamoasi ushbu shriftning kirillcha versiyasini ishlab chiqdilar.

Yuqoridagi videorolikni Julietaning jamoadoshi, rejissor Fernando Lazzari shahar me'morchiligi va Montserrat yozuv turi o'rtasidagi bog'liqlikni ko'rsatish uchun yaratgan. Rolik ikki daqiqa davomida harflar hududning ruhiyatini qanday ifodalashi mumkinligini ko'rsatadi.

Xullas, shunaqa gaplar. Montserrat tumanidan ko'ra tuman nomiga atab qo'yilgan shrift mashhurroq )

@blogfolio