Get Mystery Box with random crypto!

Do'stlarga nisbatan e'tiborli bo'l! Anas ibn Molik roziyalloh | Bilmaganim Bilganimdir(asl haqiqat) Khazratov's

Do'stlarga nisbatan e'tiborli bo'l!

Anas ibn Molik roziyallohu anhu aytadilar: «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning soch va soqollarida o‘n to‘rttadan ko‘p oq sanamadim».
Chin muhabbat, do‘stim, o‘ta kuchli diqqatni talab etadi. Bunda muhib yoriga tegishli boshqalar bilmaydigan ma’lumotlarni biladi. Masalan, bir insonning ko‘zi qanday rangda ekanini uni bir ko‘rgan odam ham aytib berishi mumkin. Ammo sochiga tushgan oqlar sonini ularni erinmay sanab chiqqanlargina ayta oladi.
Buning uchun kishida qattiq muhabbat va ziyrak nazar bo‘lishi lozim.
Hozir o‘zingga «onamning sochlariga oq oralay boshlaganda, o‘sha oqlarni sanab chiqqanmidim?!» deb savol berginda, so‘ngra Anas ibn Molik gaplarini
qayta o‘qi: «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning soch va soqollarida o‘n to‘rttadan ko‘p oq sanamadim...»
Ayni damda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham sahobalariga xuddi shunday e’tiborli bo‘lganlar. U zot ularni qadam tovushlaridan tanir edilar: «Ey Bilol, bu kecha jannatda kavushing shitirlashini eshitdim».
Biz ham bir-birimizni qadam tovushidan taniy olamizmi?!

Shamsuddin Sadruddin "Do'stimga maktub" kitobidan


https://t.me/khazratovblog