Get Mystery Box with random crypto!

2022 yil nimalar bilan esda qoldi: Выключатель qo'shni xonado | Khamrayev Blog

2022 yil nimalar bilan esda qoldi:

Выключатель
qo'shni xonadonda ekani bilan;

Dunyo bizni tog’amiz emasligini tushunganimiz bilan;

Ayollarga nisbatan zo’ravonlik yoxud to’ydagi kelinning g'alabasini;

Benzema oltin to'pni qo'lga kiritishiga deyarli barchani roziligi;

Ruslar kelib ba'zi o'zbeklarning asil yuzi ochilgani bilan;

O'zi bir ishni amallay olmagan odam ortidan Humo arena to'lishi;

"When I was king"ni to'g'ri talaffuz qilishni o'rgandik;

O'zbeklar shaxmat doskasida qirol ekanlarini isbotladilar;

"Osmonimiz musaffo" deb bizni ovuntirganlarni changda topolmay qolganimiz bilan;

Tonirovka bepul bo'lganida, xizmat qimmatlashdi;

Hatto telegramidan chiqib ketilmagan laptop sovg'a sifatida topshirilgani bilan;

Meni yodimga tushganlar shular edi, sizda nimalar bilan esda qoldi?

@khamrayevblog