Get Mystery Box with random crypto!

Bugungi kun haqida (Disclaimer: bu post sizga hech qanday foy | Khamrayev Blog

Bugungi kun haqida
(Disclaimer: bu post sizga hech qanday foyda keltirmasligi mumkin, o’qimasangiz, reaksiya bildirmasangiz xafa bo’lmayman)

Cambridge jamoasiga qo’shildim. 10 kun bo’lishiga qaramasdan hozircha tanishgan jamoa a’zolarimni barchasi yaxshi.

Bugun birinchi “Team building”da qatnashdim. Men birinchi bor bunaqa atmosferani his qilib ko’rdim. Katta jamoa - katta energiya.

Eng qiziq tomoni TVda bo’ladigan qarsaklarni ko’rib yurganimdan, qarsak — faqat shu minbarda turgan odam katta mansabga ega bo’lgani uchun uning gapidan keyin qarsak bo’lishi kerak deb o’ylab yurardim.

Yo’q bugun bu mif men uchun sindi. Cambridgeda haqiqiy qarsaklarni ko’rdim bugun. Ishonavering, dildan chalingan qarsaklar juda ham boshqacha bo’lar ekan.

Cambridge Learning Centerda yangi grafik dizaynerman. Ma’no brending qilib bergan vizual estafetasini bayrog’ini qo’lga oldik.

E’tibor bilan o’qiganingiz uchun rahmat!

@khamrayevblog