Get Mystery Box with random crypto!

Har bir vazirlik va hokimlik kadrlar tanlashni oliygohlardan b | kb_faculty

Har bir vazirlik va hokimlik kadrlar tanlashni oliygohlardan boshlashi zarur – Prezident

Yig‘ilishda mas'ullar oldiga ikki oy muddatda oliygohlar diplomlari va mehnat daftarchalarini mavjud elektron bazaga toʻliq kiritib, uni Tanlov elektron platformasiga integratsiya qilish vazifasi qoʻyildi.

Yil yakuniga qadar 4 mingta boʻsh lavozimga tanlov oʻtkazish topshirildi.

“Har bir vazirlik va hokimlik kadrlar tanlashni oliygohlardan boshlashi zarur.

Bu tajribani tizimli yoʻlga qoʻyish uchun har bir vazir va viloyat hokimi bir oy muddatda Yosh mutaxassislarni tanlash dasturini eʼlon qiladi.

Dastur doirasida oliygohlarning bitiruvchi kurslarida oʻqiyotgan qobiliyatli yoshlar saralanib, vazirlik va hokimlik tizimida stajirovka oʻtaydi va oʻqishni tamomlagach, tanlov asosida ishga qabul qilinadi.

Bunda, nafaqat oʻzimizdagi oliygoh talabalari, balki nufuzli xorijiy oliygohlarda oʻqiyotgan yoshlarimiz ham qamrab olinadi”, dedi Prezident.

@eduuz