Get Mystery Box with random crypto!

Fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan yoshlar uchun qanday imkoni | kb_faculty

Fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan yoshlar uchun qanday imkoniyatlar bor? Yoshlar uchun #15imkoniyat

Prezident qarori bilan xalqaro fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan yoshlarni munosib taqdirlash belgilab qo‘yilgan. Birinchi navbatda, xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblari va ularning o‘qituvchilari bazaviy hisoblash miqdorining quyidagi miqdorlaridagi bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

1-o‘rin (oltin medal) uchun — 500 baravari (hozirda 150 000 000 so‘m), o‘qituvchisiga — 450 baravari (hozirda 135 000 000 so‘m);
2-o‘rin (kumush medal) uchun — 300 baravari (hozirda 90 000 000 so‘m), o‘qituvchisiga — 250 baravari (hozirda 75 000 000 so‘m);
3-o‘rin (bronza medal) uchun — 200 baravari (hozirda 60 000 000 so‘m), o‘qituvchisiga — 150 baravari (hozirda 45 000 000 so‘m).

Asosiy olimpiadalarning respublika bosqichida 1-, 2- va 3-o‘rinlarni egallagan ishtirokchilarga ixtisoslik fani bo‘yicha davlat oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida maksimal ball olish huquqini beruvchi va uch yil muddat davomida amal qiluvchi sertifikat taqdim qilinadi.

Oliy ta’lim muassasasini tamomlagan olimpiada g‘oliblari mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha «El-yurt umidi» jamg‘armasi tomonidan shakllantiriladigan istiqbolli mutaxassislar zaxirasiga kiritiladi.

Mazkur imkoniyat haqida batafsil ma’lumot.

Manba: @alisher_sadullaev telegram kanali.

Respublika yosh olimlar Kengashining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalariga a'zo bo'ling:

t.me/Respublikayosholimlar_uz
instagram.com/yosholimlar_uz
fb.me/yosholimlar.uzb