Get Mystery Box with random crypto!

EYFORIYA Tushlarim – tushovin uzib ketgan ot, Ruhim qancha oz | КАТАРСИС (Шавкат Дўстмуҳаммад кундалиги)

EYFORIYA

Tushlarim – tushovin uzib ketgan ot,
Ruhim qancha ozod – tagʻin shuncha mot.
Men sergak yashadim – hushyor yashadim,
Senga jilovimni bermadim – hayot.

Bugun makonimdan darbadar xasman,
Gʻammi bu,
baxtmi bu,
bilmadim,
mastman.
Qaygʻu qancha boʻlsa, chekarman yolgʻiz,
Ammo baxtni yolgʻiz koʻtarolmasman...

Shavkat Doʻstmuhammad
3.8.22


T.me/katarsis_kundalik