Get Mystery Box with random crypto!

#faxr Xorijlik oʻzbekcha gapirsa, xoʻsh, nima boʻpti, biz ham | КАТАРСИС (Шавкат Дўстмуҳаммад кундалиги)

#faxr

Xorijlik oʻzbekcha gapirsa, xoʻsh, nima boʻpti, biz ham ajnabiy til oʻrganyapmiz-ku, deydigan toifa bor.
Kim nima desa desin, men oʻzbekcha oʻrgangan xorijlikni juda qattiq hurmat qilaman. Videodagi kabi ravon nutqlardan toʻlqinlanaman. Dunyoda uch mingdan ortiq (norasmiy 7117 ta) til orasidan oʻzbekchani tanlagani uchun rahmat aytaman. Egasi eplab ishlatolmayotgan soʻzlarga ular hurmat koʻrsatarkan, cheksiz minnatdor boʻlaman.

Ona tilimizga juda koʻp xayrixohlar kerak. Juda koʻp...

T.me/katarsis_kundalik