Get Mystery Box with random crypto!

IELTS 6.0 olishim uchun qancha o'qishim kerak? 1 oy emasligi a | Karyera Life

IELTS 6.0 olishim uchun qancha o'qishim kerak?
1 oy emasligi aniq!

IELTS 6.0 (yoki Cefr B2) darajasida ingliz tilini biladigan odam bu - ingliz tilida kitob, film, gazeta va barcha kundalik so'zlashuvlarni tushunadigan darajada tilni biladi degani.

O'z ona tilingda shu darajaga erishguncha qancha vaqt ketgan?

Ingliz tilini 1 oyda o'rganib bo'lmaydi, 3 oyda ham, 6 oyda ham. O'zi umuman til o'rganish oy yoki yillarda emas, soatlarda o'lchanadi. 0 dan ingliz tilini bemalol tushunishga chiqib olish uchun o'zbek tilida gaplashuvchilarga 1000 soat amaliyot kerak bo'ladi. (Har bir qo'shimcha til esa bu sonni 100 soatga kamaytiradi).

Demak har kuni 3 soatdan shug'ullansang bir yil ketadi. 6 oyda o'rganish uchun esa kuniga 6 soat ajratishing kerak. (Ma'lumot uchun: bizda eng ashaddiy o'quvchilar ham kuniga 2 soat dars qilishadi).

Demak sen til o'rganayotganda eng tez usulini emas, o'zing uchun eng qiziqarli usulni tanlashing kerak. Shunda bir kunlik ajratadigan vaqting ortadi natijada tezroq o'rganib olasan.

O'qituvchi tanlayotganda ham shunday. "-E ukam kevur 1 oyda sayratvoraman" degani emas, darsini qiziq o'tadiganini tanlashing kerak.