Get Mystery Box with random crypto!

​ SIZNI KECHIRMAYMAN! Erim bilan urushdim, meni so‘kdi | kamolasafarovapsixolog

SIZNI KECHIRMAYMAN!

Erim bilan urushdim, meni so‘kdi. Kechirmayman!

Qaynonam telefonda dugonasiga meni yomonlayotganini eshitdim. Shuncha xizmatimga shumi?! Kechirmayman!

Ming qilsam ham bilmaydi. Tunov kuni qaynagachim sal qolsa men bilan yulishay dedi. Kechirmayman!

Sirdoshim, yaqinim deb yurgan dugonam meni sotdi. Kechirmayman!

Rahbarim oyligimni kesipti. Tinim bilmay ishlasam. Kechirmayman!

Bunaqangi KECHIRMAYMANdan sizda nechta?!

Ishonasizmi yo‘qmi bilmadimu, ammo menda bironta ham yo‘q. Hammasini unutganman! Hammasini kechirganman! Balki sizda bunday vaziyatlar bo‘lmaganda dersiz. Ishoning unday emas. Men bir marta beriladigan hayotimni araz va ginalarga sarflash niyatim yo‘q xolos.

Eng muhimi shundaki men hayotimga, oilamga arshi a’lodan tinimsiz ravishda yaxshiliklar yog‘ilishini istayman. O‘zim, turmush o‘rtog‘im va farzandlarim pozitiv energiya qurshovida bo‘lsak deyman

Navbatni tasavvurga bersak!
Sizda narsalarni joylaydigan yagona sandiq bor. U ham bo‘lsa eski latta putta, bo‘lar bo‘lmas, yilda bir marta ham ishlatilmaydigan anjomlar bilan to‘la. Ho‘sh yangi narsalarni qayerga solasiz?!
Demakki sandiqni bo‘shatish kerak!!!

Ko‘ngil ham xuddi shunday.
Uni kimlarnidir kasriga tugilgan tugunchalar bilan to‘ldirmang. Kechirishga, yomonliklarni unutishga odatlaning.

Shunda ham kechirolmayman, kechirishim qiyin deysizmi?

Unday bo‘lsa,
"KECHIRIM QALB TOZALIGI" TRENINGIMIZGA YOZILING.
MEN SIZGA YORDAM BERAMAN.

HAYOTDA GINALARSIZ ZAVQLANIB YASHASHGA NIMA YETSIN.

Asl narxi: 500.000

Aksiya narxi:
21-22 iyulgacha 185.000
23-24 iyulgacha 225.000

Chegirma narxida ulgirib qoling

Ro‘yhatdan o‘tish uchun adminga murojaat:
@Farxod_Shirin_love

Murojaat uchun:
+998942281587
@safarovakamola

Bizning kanal:
@Psixolog_Kamola369