Get Mystery Box with random crypto!

AMALLAR NIYATGA BOGʻLIQDIR Bir ayol dedi: «Xudo xohlasa, men | kamolasafarovapsixolog

AMALLAR NIYATGA BOGʻLIQDIR

Bir ayol dedi:

«Xudo xohlasa, men albatta solih insonga turmushga chiqaman! U bilan baxtli hayot kechiraman». Aytgani bo‘ldi.

Dedi:
«Men universitetda o‘qishga qabul qilinishimga ishonaman va shunga intilaman! O‘zim istagan mutaxassislikga kiraman!». Aytgani bo‘ldi.

Unga dedilar:
«Yetar shuncha tuqqaning! Bolalar charchatishdan boshqasiga yarashmaydi».

Dedi:
«Alloh yordam beradi. Farzandalarim qobil, ko‘zimning quvonchi bo‘lishadi». Aytgani bo‘ldi.

Eri katta tuhmatga qolib qamaldi.

Dedilar:
«Ering tuhmatga qolib qamaldi. Yaqin orada chiqmasa kerak. Uning faqat o‘ligi chiqadi».

Dedi:
«Yo‘q, Xudo xohlasa, albatta chiqadilar. Men ularni juda ham chiroyli kutib olaman». Aytgani bo‘ldi. Erining qanday chiqqani hammani hayratda qoldirdi.

Bir kishi dedi:
«Men ishdan haydalishdan qo‘rqaman. Shuning uchun ishsiz qoladigan kunlarimga ham pul yig‘mog‘im kerak!» Aytgani bo‘ldi. Ishdan bo‘shatildi.

Nimaga bizning aytganlarimiz ro‘yobga chiqadi?

Chunki Alloh taolo: «Bandam Meni qanday o‘ylasa, shundayman!» deydi. Agar Alloh haqida chiroyli gumon qilsa, o‘ziga yaxshi. Yomon o‘ylasa, o‘ziga yomon.

Shuning uchun ham Muso alayhissalom Nil daryosiga kelib, qochishga yo‘l qolmaganda ham Robbilari haqida chiroyli gumon qildilar. Qavmlari: «Endi qo‘lga tushdik» deyishsa ham, ular: «Yo‘q! Albatta, Robbim men bilan, U menga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatur» dedilar. Alloh ularning aytganlarini ro‘yobga chiqardi. Aql bovar qilmas holda daryo qoq ikkiga bo‘lindi. Yo‘l ochildi.

Hatto arzimas narsalar haqida gapirish, o‘ylashda ham diqqat qiling!

Alloh haqida chiroyli gumon qiling! U - KARIM, ROHIM!

Yomonlik haqida o‘ylamang! Agar qiyin vaziyatga tushib qolsangiz, Muso alayhissalom aytganlaridek «Albatta, Robbim men bilan, U menga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatur» deb ayting!


Murojaat uchun:
+998942281587
@safarovakamola

Bizning kanal:
@Psixolog_Kamola369