Get Mystery Box with random crypto!

Martin Skarseze o'z filmlarida jinoyatchilikni romantizatsiya | Kamardinov.uz

Martin Skarseze o'z filmlarida jinoyatchilikni romantizatsiya qilganga o'xshaydi. Aslida unday emas. U filmlarida jinoyatchi bu yo'lga qanday qilib kirib qolganini ochib berishga harakat qiladi. Ayna shu qismi juda muhim. Hech kim ertalab turib birdan jinoyatchi bo'lib qolmaydi. Hammaning o'zi uchun qo'ygan chegarasi bo'ladi va nimadir yomon harakat qilish oldidan ko'pincha shu chegaradan bir marta o'taman-u, qaytib qilmayman deydi. Bu narsa uzoq vaqt davom etgandan keyin esa chegaradan qanchalik uzoqlashib ketganini anglamay qoladi. Skarseze esa bu bilan xuddi bizni ogohlikka chaqiryatgandek. Aslida uni o'rnida siz ham, biz ham bo'lishimiz mumkin. Va ularning o'rnida bo'lganimizda biz ham shunday qilishimiz mumkinligi ehtimoli yo'q emas. Chunki bizni ham uning atrofidagi dunyo shakllantirgan bo'lar edi.

Yuqoridagilarni eslashimga ushbu film sabab bo'ldi. Rossiya safida urushga otlanganlar orasida afsuski o'zbeklar ham yo'q emas. Yaqinda chiqqan 22 yoshlik o'zbek asiri haqidagi video esa juda ta'sirli. Internetda ularni so'kib, ularga la'natlar yog'dira boshlashdi. Bunday deyishga shoshilmaslik kerak. Ularni bu yo'lni tanlashiga nima majbur qilgani noma'lum. Ular urushga shunchaki ko'ngil hushlik uchun bormagan, albatta. Aytmoqchimanki, hech kimni tanlovi uchun nadomat qilmang. Birovning nomidan gapirish oson. Baribir uning og'rig'ini, qalbidagini bila olmaysiz. Ushbu qisqa metrajli filmda sal bo'lsa ham buni his qilish mumkin:



Bu holatda bizga bunday qismat berilmagani uchun ko'p shukr qilishimiz kerak.